Kontent qismiga oʻtish

Lucy Angeline Bacon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lucy Bacon
Tavalludi 30-iyul 1857-yil
Pitcairn (Nyu-York)
Vafoti 17-oktyabr 1932-yil(1932-10-17)
(75 yoshda)
San-Fransisko
Millati amerikalik
Oqim Impressionizm

Lucy Angeline Bacon (1857-yil 30-iyul – 1932-yil 17-oktabr) – kaliforniyalik rassom boʻlib, oʻzining impressionizmga oid moyboʻyoq rasmlari, gullar, landshaftlar tasvirlari va natyurmortlari bilan mashhur. U Parijda impressionist Camille Pissarro qoʻli ostida tahsil olgan.

Lucy Angeline Bacon buyuk fransuz impressionistlaridan birida tahsil olgan yagona kaliforniyalik rassomdir.

Hayotining dastlabki davri va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucy Angeline Bacon 1857-yilda Nyu-Yorkning Pitcairn shahrida tugʻilgan[1][2]. Bacon 1879-yilda Nyu-Yorkdagi Potsdam maktabini tamomlagan.

U Robert K.Vickery bilan jiyani Ruthning nikohi orqali qarindosh edi. 1890-yillarda uning otasi San-Fransiskodagi Vickery, Atkins va Torrey galereyasining bir qismi egasi edi. Bu galereya San-Fransiskoda impressionizm asarlarini namoyish etgan birinchi galereya boʻlgan[3].

Bacon Nyu-York shahrida Sanʼat talabalari ligasida va Milliy dizayn akademiyasida tahsil olgan. 1892-yilda u oʻqishni davom ettirish uchun Parijga borgan[4]. Keyin u amerikalik rassom Marry Cassatt maslahatiga koʻra Camille Pissarrodan tahsil olgan.

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucy Angeline Bacon Éragny-sur-Eptega koʻchib oʻtib, impressionist rasmlarni yaratgan. 1898-yilga kelib, u San Joseda yashagan va San-Fransisko sanʼat assotsiatsiyasida bir nechta rasmlarini namoyish etgan[5]. U rasm chizish qobiliyatini cheklab qoʻygan surunkali kasalligini davolash umidida Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan. Lucy Angeline Bacon San Josedagi Washburn tayyorlov maktabida dars bergan va uy studiyasida rasm chizgan[6].

1902-yil bahorida uning asarlari San-Fransiskodagi Mark Hopkins sanʼat institutida namoyish etilgan[7]. 1905-yilda Lucy Bacon rassomlik karyerasidan voz kechib, oʻzini nasroniy diniga bagʻishlagan. Bu uning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarini yengillashtirgan. KEyin esa u yana sanʼatdan dars berishda davom etgan.

1909-yildan boshlab u San-Fransiskoda yashagan. Lucy Bacon 1927-yilda Nyu-Meksikodagi Hindiston ishlari boʻyicha assotsiatsiyasi (NMAIA) va Hindiston ishlari boʻyicha Sharqiy assotsiatsiyaning (EAIA) Hindiston yarmarkasi qoʻmitasi aʼzosi boʻlib, unda tubjoy amerikalik rassomlarning asarlari namoyish etilgan[8].

U 1932-yilda San-Fransiskoda vafot etgan.

Uning 1894—1896-yillarda chizilgan „Bogʻ manzarasi“ kartinasi San-Fransisko Tasviriy sanʼat muzeyi kolleksiyalaridan biri hisoblanadi[9].

  1. ; Will SouthCalifornia Impressionism. Abbeville Press Publishers, January 1998 — 253-bet. ISBN 978-0-7892-0176-8. 
  2. „Artist Biography for Lucy Angeline Bacon“. askart.com. — „"Born: 1857 - Pitcairn, New York "“. Qaraldi: 2017-yil 7-sentyabr.
  3. Deborah Epstein Solon; Will South. In and Out of California: Travels of American Impressionists. New York: Hudson Hills, 2002 — 30-bet. ISBN 978-1-55595-225-9. 
  4. „'Pissarro's People' at home at San Francisco's Legion of Honor“. San Francisco Examiner. 2014-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-sentyabr.
  5. ; Will SouthCalifornia Impressionism. Abbeville Press Publishers, January 1998 — 26-bet. ISBN 978-0-7892-0176-8. 
  6. San Jose City Directory Including Santa Clara County. F.M. Husted, 1902 — 76-bet. 
  7. Mark Hopkins Institute Review of Art, June 1902 — 18-bet. 
  8. Jennifer McLerran. A New Deal for Native Art: Indian Arts and Federal Policy, 1933-1943. University of Arizona Press, 2009 — 60, 244-bet. ISBN 978-0-8165-2766-3. 
  9. „Garden Landscape“. Smithsonian Institution Research Information Systems. Qaraldi: 2014-yil 29-noyabr.