Ludditlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ludditlar (inglizcha Luddites) — Buyuk Britaniyada sanoat toʻntarishi davri (18-asr oxiri — 19-asr boshi)da mashinalar joriy qilinishiga qarshi chiqqan dastlabki tarqoq harakatlar qatnashchilari. L. atamasi birinchi boʻlib dastgohini buzib tashlagan ishchi (xalfa) — Ned Ludd nomidan olingan deb taxmin qilinadi. 1769, 1812-yillarda L.ga qarshi oʻlim jazosi joriy qilingan. Yorkdagi suv protsessi (1813) va 1813—15 yillardagi sanoat taraqqiyoti natijasida L. harakati bir oz pasaygan; 30-yillarga kelib, hukumatning qatagʻon siyosatining kuchayishi va iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi bilan L. harakati barham topgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil