Luise Erhard
Luiza Erxard (1893-yil 18-aprel, Langenzenn — 1975-yil 9-iyul, tugʻilgan paytidagi ismi Luise Lotter, beva qolgan paytida esa Luise Shuster) — nemis iqtisodchisi[1] va 1949-yildan keyin birinchi kansler boʻlgan Lyudvig Erxardning rafiqasi edi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luiza Lotter dastlab akasi bilan Oʻrta Frankoniyaning Langenzenn shahrida oʻsgan, u yerda uning otasi gʻisht zavodini boshqarar edi. Keyinchalik ularning oilasi Furtda istiqomat qiladi. Birinchi turmushida Lotter honim advokat Fridrix Shusterga turmushga chiqadi. Ushbu nikohdan Eleonora ismli qiz dunyoga keladi. Fridrix Shuster 1914-yil oktyabr oyida Birinchi Jahon urushida askar sifatida vafot etgan[2][3].
Beva qolgan poyafzalchi boʻlib ishlovchi Luiza Nyurnberg tijorat kollejida tahsil ola boshlaydi va u yerda fyurtlik Lyudvig Erxard bilan tanishadi. Lyudvig nni bolaligidagi sobiq dugonasi va qoʻshnisi Rouzning akasi edi. 1923-yil dekabrda u Lyudvig Erxardga turmushga chiqadi. Rasmiy „nikoh turar joyi“ Luise Erxardning ona shahri boʻlgan Langenzennda yashashdi. U yerda shuningdek, Luizaning onasi va akasi ham yashagan. Nyurnbergda oʻqishni tugatgan er-xotin, keyinchalik Frankfurt-Mayn universitetida birga oʻqishni davom ettirishni va doktorlik darajasini olishni xohlashdi. Bu vaqtda uning qizi „Lore“ga esa Langenzenndagi buvisi enagalik qilib turdi. Biroq, bir necha oydan keyin Luiza Erxard qiziga oʻzi qarash uchun oʻqishni tashlab qaytib keladi. Uning eri Lyudvig esa 1925-yilda doktorlik dissertatsiyasini tamomlaydi. U Lyudvigdan Elizabet (1925—1996) ismli qizni dunyoga keltirgan[3][4][5].
Uy bekasi hamda ona, maslahatchi va kanslerning xotini
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shundan soʻng Luiza Erxard oʻz faoliyatidan voz kechadi va erining professional va keyinchalik siyosiy faoliyati rivojlanishida uy bekasi va qizining onasi[3], shuningdek ekspert va „zukko“ maslahatchi sifatida hamrohlik qiladi. 1925-yilda Lyudvig Erxard Furtdagi ota-onasining toʻqimachilik biznesini oʻz qoʻliga oladi, biroq, 1928-yilda global iqtisodiy inqiroz natijasida bankrot boʻladi. Shundan soʻng u to 1945-yilga qadar iqtisodiyot sohasida turli lavozimlarda ishlagan. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin 1947-yilda Myunxen universitetida, 1950-yilda Bonn universitetida faxriy professor boʻldi[6].
Dastlab partiyasiz iqtisodchi va amalda keyinchalik CDU aʼzosi boʻlgan Lyudvig Erxard urushdan keyingi davrda tezda yuqori siyosiy lavozimga koʻtarilib, 1949-yildan 1963-yilgacha Federal Iqtisodiyot vaziri, 1963-yildan 1966-yilgacha Germaniya Federativ Respublikasining ikkinchi kansleri va 1966—1967-yillarda CDU federal raisi boʻlgan. Luiza Erxardning turmush oʻrtogʻi 1950-yillarning eng mashhur siyosatchilaridan biri boʻlib, ikkinchi jahon urushidan keyin ijtimoiy bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy moʻjizaning „otasi“ deb hisoblanadi[6].
1950-yillarning oʻrtalarida Luiza va Lyudvig Erxard qoʻshnisi arxitektor Sep Rufga Gmund am Tegernseeda bungalov oilaviy yashash uchun qarorgoh qurib berishga koʻndirishadi. Ruf oʻzining minimallashtirilgan konstruksiyalari, shaffof devorlari va nozik tomlari bilan oʻziga xos uslubi bilan mashhur boʻlgan. Ruf 1963-yil boshida Lyudvig Erxardga Bonndagi kanslerning bungalovini qurib topshiradi. Erini Rufga buyurtma berishga undagan Luiza Erxard ushbu qarorgohining joylashuvi, dizayni va interyerini ishlab chiqishda ham oʻz fikrlarini bildiradi[7][8]. 1963-yildan 1964-yilgacha sobiq Federal kansler saroyi Shaumburg saroyi bogʻida klassik modernizm anʼanalari boʻyicha zamonaviy bino boʻlib qurilgan. U hozirda Gʻarbiy Germaniya urushdan keyingi arxitekturasining yorqin namunasi hisoblanadi va arxitektura yodgorliklari roʻyxatiga olingan. 1964-yil oxirida Erxardlar Germaniya kanslerining yangi turar-joyi binosiga ilk bor koʻchib oʻtishdi[9].
Luiza Erxard kuchli ayol edi va eriga katta taʼsir koʻrsatdi[10] u har doim erining eng yaqin sirdoshi hisoblangan[11]. U zamondoshlari tomonidan „mukammal uy bekasi, mehribon ona, maftunkor, oʻziga ishongan ayol“ sifatida tavsiflangan[12]. 1963-yilda uning eri federal kansler boʻlganida va Erxardlar (dastlab) Shaumburg saroyiga koʻchib oʻtganda, gazeta kanslerning xotinini «nemis uy bekasi» deb taʼriflagan, shundan soʻng Luiza Erxard gʻazab bilan shunday deb eʼlon qildi:
Men butun umrim davomida hech qachon uy bekasi boʻlmaganman va men bunday boʻlmasligini juda xohlayman[5]
1963-yil 16-oktabrdan 1966-yil 1-dekabrgacha Germaniya kanslerining rafiqasi boʻldi.
Vakillik vazifalari, faxriy idoralar va homiylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luiza Erxard borgan sari vakillik vazifalarini va erining yonida faxriy lavozimlarni egalladi. 1954-yilda uning homiyligida bugungi kunda ham mavjud boʻlgan «Aktion Das Sicherheite Haus» (DSH) notijorat tashkiloti tuzildi. Ushbu tashkilot uyda boʻladigan baxtsiz hodisalar xavfi toʻgʻrisida maʼlumot berish va shu bilan baxtsiz hodisalar soni va ularning zararni kamaytirishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan[13]. 1962-yilda u Gamburgda oʻsha paytdagi eng yirik nemis tanker tashish kompaniyasi boʻlgan Deutsche Shell Tanker GmbH tankerini suvga tushirish marosimida ishtirok etdi[14].
Kanslerning rafiqasi sifatida u oʻzining vakillik vazifalarini sinchkovlik bilan tanladi, shuning uchun 1963-yil oktyabr oyida uning eri kansler etib saylanishidan oldin u Bonndagi «Colloquium humanum» ayollar kollokviumining homiyligini oʻz zimmasiga oldi[15]. Eriga chet elga safarlarida hamrohlik qildi, shu jumladan 1963-yilda kansler sifatida Amerikaga birinchi safarida hamrohlik qildi[16][17][18][18] 1965-yil may oyida Britaniya qirolichasi Yelizaveta II sharafiga Brühldagi Avgustburg qal’asida uyushtirilgan rasmiy qabulda eriga hamrohlik qildi.
Homiy sifatida u 1963-yilda Yoxannes Vasmut tomonidan Bad Godesbergda asos solingan va xayriya qilingan sanʼat asarlarini sotib, tushgan mablagʻni muhtoj bolalar uchun asos solgan qoʻllab-quvvatlash guruhiga xayriya qiluvchi «Galerie Pro»ni qoʻllab-quvvatladi[19]. U asos solgan Fyurt shahridagi «Luise-Erxard-Fonds» jamgʻarmasi (shuningdek, «Luise-Erxard-Founds» nomi bilan ham tanilgan) oʻqishga kirgan bitiruvchilariga «Lyudvig-Erxard-Schule Furth» homiylik mukofotlarini topshirardi.
Hayoti soʻngida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyudvig Erxardning kansler sifatidagi siyosiy muvaffaqiyatsizligi va isteʼfoga chiqqanidan keyin Lyudvig va Luiza Erxard 1966-yil 1-dekabrda Bonndagi kansler bungalovidan Gmund-am-Tegernseedagi ikkinchi uylariga koʻchib oʻtishdi. Luiza Erxard oʻshanda 74 yoshda edi.
Luiza Erxard 1975-yilning yozida 82 yoshida vafot etdi, uning eri Lyudvig esa ikki yildan keyin vafot etdi. Luise va Lyudvig Erxardla Gmund-am-Tegernseedagi togʻda joylashgan qabristonida koʻimilgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Das Wirtschaftswunder — Soziale Marktwirtschaft (Memento vom 1. Januar 2012 im Internet Archive), Folge 9 der 10-teiligen Doku-Serie „Das 1 x 1 der Wirtschaft“ des Fernseh-Bildungskanals BR-alpha (mit Archivbeiträgen von Luise Erhard; Regie: Fritz Kalteis, Länge: 15 Minuten, Produktion: 2008)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Konrad Adenauer: Die letzten Lebensjahre. 1963-1967. Briefe und Aufzeichnungen, Gespräche, Interviews und Reden. Band 1: Oktober 1963-September 1965. In: Hans Peter Mensing (Bearb.); Hans-Peter Schwarz, Rudolf Morsey (Hrsg.): Adenauer — Rhöndorfer Ausgabe. Editionsreihe. Schöningh, Paderborn 2009, ISBN 978-3-506-76776-9, S. 541 (online) bei Google Bücher.
- ↑ Konrad Adenauer: Briefe 1953-1955. In: Hans Peter Mensing (Bearb.); Hans-Peter Schwarz, Rudolf Morsey (Hrsg.): Adenauer — Rhöndorfer Ausgabe. Editionsreihe. Siedler, Berlin 1995, ISBN 3-88680-750-9, Nr. 185, Fußnote 2 (online bei Google Bücher).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Bernd O. Weitz (Hrsg.): Bedeutende Ökonomen. Oldenbourg, München 2008, ISBN 978-3-486-58222-2, S. 183 (online bei Google Bücher).
- ↑ Volkhard Laitenberger: Ludwig Erhard. Der Nationalökonom als Politiker. (= Persönlichkeit und Geschichte. Band 126-128). Muster-Schmidt, Göttingen 1986, ISBN 3-7881-0126-1, S. 14 (online bei Google Bücher).
- ↑ 5,0 5,1 Daniel Friedrich Sturm: An der Seite der Macht. Deutschlands Kanzlergattinnen. In: Die Welt. 19. Januar 2002; abgerufen am 6. Februar 2012.
- ↑ 6,0 6,1 Volkhard Laitenberger: Ludwig Erhard. Der Nationalökonom als Politiker. (= Persönlichkeit und Geschichte. Band 126-128). Muster-Schmidt, Göttingen 1986, ISBN 3-7881-0126-1.
- ↑ Kanzler-Bungalow. Bauch oder Fisch. In: Der Spiegel. Nr. 49/1963 vom 4. Dezember 1963, S. 29-31; abgerufen am 7. Februar 2012.
- ↑ Gerhard Schröder u. a. (Hrsg.): Ludwig Erhard. Beiträge zu seiner politischen Biographie. Festschrift zum 75. Geburtstag. Propyläen Verlag, Frankfurt am Main 1972, ISBN 3-549-07278-3, S. 534.
- ↑ Michael Zajonz: Wie uns die Zeiten ändern. Die Tapeten der Kanzler. In: Der Tagesspiegel. 18. April 2009; abgerufen am 7. Februar 2012.
- ↑ Ulrike Herrmann: Barbie wohnt im Kanzleramt. In: taz. 31. Juli 2002; abgerufen am 6. Februar 2012.
- ↑ Volkhard Laitenberger: Ludwig Erhard. Der Nationalökonom als Politiker. (= Persönlichkeit und Geschichte. Band 126-128). Muster-Schmidt, Göttingen 1986, ISBN 3-7881-0126-1, S. 85 (online bei Google Bücher).
- ↑ Ada Brandes: Luise Erhard. In: Dieter Zimmer (Hrsg.): Deutschlands First Ladies. Die Frauen der Bundespräsidenten und Bundeskanzler von 1949 bis heute. Deutsche Verlags-Anstalt, Stuttgart 1998, ISBN 3-421-05125-9, S. 84 (online bei Google Bücher).
- ↑ Deutscher Bundestag: Verhandlungen. Stenographische Berichte. Anlagen zu den stenographischen Berichten. Drucksachen des Deutschen Bundestags, Band&102, Bonn 1965, S. 54 (online bei Google Bücher).
- ↑ Bericht im Hamburger Abendblatt. 20. Juli 1978.
- ↑ Luise Erhard. In: Der Spiegel. Nr. 42/1963 vom 16. Oktober 1963, S. 122; abgerufen am 6. Februar 2012.
- ↑ Vgl. Biografie der US-amerikanischen Dichterin Walter, Hulda Saenger. In: Handbook of Texas Online. der Texas State Historical Association (TSHA); englisch, abgerufen am 7. Februar 2012.
- ↑ Erinnerungsmappe für Frau Luise Erhard an den Besuch des Bundeskanzlers L. Erhard auf der LBJ Ranch bei Johnson City in den USA 1963. Sonderdruck, Austin/USA 1963; als Dokument archiviert im Deutschen Historischen Museum, GOS-Nr. 97006018, Inventarnr. Do2 97/2061.
- ↑ 18,0 18,1 Mike Lukasch: Treffpunkt Kanzlerbungalow. Im: Museumsmagazin des Hauses der Geschichte, Ausgabe 1/2009; abgerufen am 6. Februar 2012.
- ↑ Rolandseck. Bahnhof in Pacht. In: Der Spiegel Nr. 23/1965 vom 2. Juni 1965, S. 125-126; abgerufen am 6. Februar 2012.