Luka Voyno-Yasenetskiy
Valentin Feliksovich Voyno-Yasenetskiy | |
---|---|
Tavalludi |
27-aprel 1877-yil Kerch, Tauride viloyati |
Vafoti |
11-iyun 1961-yil (84 yoshda) Simferopol |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Kasbi | Yepiskop |
Arxiyepiskop Luka (dunyoviy ismi Valentin Feliksovich Voyno-Yasenetskiy; 1877-yil 27-aprel, Kerch, Tauride viloyati — 1961-yil 11-iyun, Simferopol) – rus va sovet diniy arbobi, jarroh, yozuvchi, anesteziologiya va yiringli jarrohlik boʻyicha asarlar muallifi. Tibbiyot fanlari doktori (1915), ilohiyot fanlari doktori (1959), professor. Toshkent yeparxiyasi yepiskopi.
2000-yilda u rus pravoslav cherkovi tomonidan konfessor sifatida kanonizatsiya qilingan[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luka Voyno-Yasenetskiy Kiyevdagi Vladimir universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. U yaxshi oʻqigan, guruh rahbari boʻlgan, ayniqsa anatomiya fanini oʻrganishda muvaffaqiyat qozongan. Qizil Xochning Kiyev tibbiy kasalxonasida ishga joylashdi, Qizil Xoch bilan 1904-yilda rus-yapon urushiga bordi. U Chitadagi evakuatsiya kasalxonasida ishlagan, jarrohlik boʻlimiga rahbarlik qilgan va suyaklar, boʻgʻinlar va bosh suyagida katta operatsiyalarni bajarib, keng koʻlamli amaliyotga ega boʻlgan.
1905-yil noyabr oyida Voyno-Yasenetskiylar oilasi Kursk viloyati Fatej tumanidagi Verxniy Lyubaj qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. 10 oʻrinli Zemstvo kasalxonasi hali qurib bitkazilmagan edi va Valentin bemorlarni uyda qabul qildi . Uning kelishi vaqti tif isitmasi, qizamiq va chechak epidemiyasining rivojlanishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. 1916-yil mart oyida Voyno-Yasenetskiylar oilasi Toshkentga boradi. Shahar kasalxonasida ishlaydi.
Luka Voyno-Yasenetskiy 1877-yil 27-aprelda Kerchda farmatsevt Feliks Stanislavovich Voyno-Yasenetskiy va Mariya Dmitriyevna Voyno-Yasenetskaya oilasida tugʻilgan . U besh farzandning toʻrtinchisi edi. Uning bobosi Mogilev viloyatining Sennenskiy tumanida tegirmonchilik bilan shugʻullangan. Otasi Feliks Stanislavovich farmatsevt sifatida malaka oshirib, Kerchda oʻz dorixonasini ochadi.
1919-yil yanvar oyida Konstantin Osipov boshchiligida bolsheviklarga qarshi qoʻzgʻolon boʻlib oʻtadi. Uning bostirilishidan soʻng, ogʻir yaralangan kazak kapitani V. T. Komarchev kasalxonada yotgan edi. Voyno-Yasenetskiy uni qizillarga topshirishdan bosh tortadi va uni yashirincha davolaydi.
1920-yilda Turkiston davlat universiteti tashkil topdi. Voyno-Yasenetskiyning tanishi boʻlgan tibbiyot fakulteti dekani Pyotr Sitkovskiy undan operativ jarrohlik boʻlimiga rahbarlik qilishga roziligini oldi[3].
U 1923-yil 12-maydan 1927-yil sentyabrga qadar Toshkent yeparxiyasidagi yepiskoplik qilgan.
Luka Voyno-Yasenetskiy 1961-yil 11-iyunda vafot etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Блохина Н. Н., Калягин А. Н. Врачеватель тела, души и духа. (К 120-летию В. Ф. Войно-Ясенецкого) // Сибирский медицинский журнал. — Иркутск. — 1997. — № 1, 2. — С. 53—55.
- Богомолов Б. П., Светухин А. М. Валентин Феликсович Войно-Ясенецкий. К 130-летию со дня рождения // Хирургия. Журнал им. Н. И. Пирогова. — M.: Медиа Сфера, 2007. — № 12. — С. 69. — ISSN 0023-1207.Andoza:Недоступная ссылка
- Варшавский В. Т., Змойро И. Д. Вопросы урологии в трудах В. Ф. Войно-Ясенецкого // Урология и нефрология. — 1989. — № 5. — С. 66—68.
- Глянцев С. П. Профессор В. Ф. Войно-Ясенецкий (Архиепископ Лука) в ссылке в Северном крае (Архангельск, август 1931 г. — ноябрь 1933 г.) // Анналы хирургии. — M.: Медицина, 1998. — № 3. — С. 77—80. — ISSN 1560-9502.
- Котельников В. П. В. Ф. Войно-Ясенецкий — выдающийся хирург нашего времени // Клиническая медицина. — 1987. — С. 152—155.
- Лизгунов П. О. Святитель Лука (Войно-Ясенецкий) о науке и религии (Wayback Machine saytida 2021-08-08 sanasida arxivlangan) // Innova. — 2019. — № 3 (16). — С. 13-17
- Никитин В. А. Несгибаемый страстотерпец // Слово. — 1990. — № 5. — С. 45—48.
- Поляков В. А. Профессор Валентин Феликсович Войно-Ясенецкий // Ортопедия, травматология и протезирование. — 1990. — № 10. — С. 55—56.
- Сизых Т. П. О двух воинах, защищавших отечество — д.м.н., профессоре Валентине Феликсовиче Войно-Ясенецком и начмеде эвакогоспиталя 15/15 Надежде Алексеевне Бранчевской // Сибирский медицинский журнал. — 2005. — № 3. — С. 98—106.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Святитель Лука́ (Войно-Ясенецкий), архиепископ Симферопольский, Крымский“. 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
- ↑ Polnaya biografiya svyatitelya Luki Krimskogo (Voyno-Yaseneskogo)
- ↑ Шевченко 2009.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Акафист, кондак и молитвы святителю Луке
- episcop.ru сайт, посвящённый Луке Войно-Ясенецкому