Kontent qismiga oʻtish

Luqmoni hakim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Luqmoni Hakimdan yoʻnaltirildi)

Luqmoni hakim — sharq mumtoz adabiyoti va xalq ogʻzaki poetik ijodidagi donishmand tabib obrazi. Koʻpgina hikoya, afsona va ertaklar qahramoni. Alisher Navoiy („Tarixi hukamo va anbiyo“), Xondamir („Ravzat us-safo“) va boshqalarda Luqmoni hakim tarixiy shaxs-paygʻambar sifatida gavdalangan. Sharq mumtoz adabiyotida u qora tanli qul boʻlib, oʻz paygʻambarona karomatlari tufayli ozod boʻlgan. Oʻzbek folklorida Luqmoni hakim obrazi donolik timsoliga aylangan.