Lyudmila Petranovskaya
Lyudmila Petranovskaya Vladimirovna | |
---|---|
Tavalludi |
20-aprel 1967-yil |
Kasbi | psixolog, publitsist, pedagog |
Lyudmila Vladimirovna Petranovskaya (20-aprel 1967-yil, Toshkent) rus psixologi, oʻqituvchi va publitsist.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent universitetining filologiya fakultetini, keyinchalik Moskva psixoanaliz institutini tamomlagan (1999). 2020-yilda Tizimli oilaviy psixoterapiya boʻyicha HSE magistrlik dasturini tamomlagan.
U 1990-yillarda „Avanta+“ tomonidan nashr etilgan bolalar uchun ensiklopediya ustida ishlagan. Shu munosabat bilan, 2002-yilda bir qator nashriyot xodimlari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining taʼlim sohasidagi mukofoti laureati boʻldi[1].
Lyudmila bolalar uchun koʻplab oʻquv kitoblari muallifi hamdir. Ulardan birinchisi 2004-yilda nashr etilgan „Zvyozdniy mir v kartinkax“ nomli kitob boʻlib, keyinchalik „Zvyozdnoye nebo“ nomi bilan kengaytirilgan va nashr etilgan. Eng mashhur kitoblar seriyasi „Chto delat, yesli…“ boʻlib, u boshlangʻich maktab oʻquvchilariga qiyin vaziyatlarda turli xil maslahatlar beradi. 2013-yilda oʻrta maktab oʻquvchilari uchun „Chto delat, yesli jdyot ekzamen?“ nomli kitobi chop etildi.
Shuningdek, ota-onalar uchun „Taynaya opora. Privyazannost v jizni“ (2014) va „Yesli s rebyonkom trudno“ (2014) nomli kitoblar yozdi. Ularda bogʻlanish nazariyasini rivojlantirdi va ommalashtirdi.
Ularga „Selfmama. Layfxaki dlya rabotayushey mami“ kitobi yordam qiladi (2017).
U koʻp yillar davomida yetimlik va farzand asrab olishning psixologik muammolari bilan shugʻullangan. 2012-yilda farzand asrab oluvchilar va ijtimoiy xodimlarni tayyorlaydigan oila tuzilishini rivojlantirish instituti jamoat tashkilotini yaratdi. „V klass prishol priyomniy rebyonok“ (2008), „Ditya dvux semey“ (2013), „Minus odin? Plyus odin!“ (2015) nomli kitoblarini bola asrab oluvchi ota-onalarga yordam berish maqsadida nashr ettirdi[2].
Lyudmila koʻp sonli video maʼruzalar va vebinarlarning muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „О присуждении премий Президента Российской Федерации в области образования за 2001 год“. 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Интервью - Людмила Петрановская, психолог“ (2012-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lyudmila Vladimirovna Petranovskaya. Yozuvchining tarjimai holi Arxivnaya kopiya
- Lyudmila Petranovskaya pravmir.ru veb-saytidagi Arxivnaya kopiya