Lyutein hujayralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyutein hujayralar (lot. Luteus — sariq) — sariq tananing tashqi qavatini hosil qiladigan epitelial bez hujayralari. Odatda, ovulyasiyadan keyin Graaf pufakchasi hujayralaridan paydo boʻladi. Lyutein hujayralar protoplazmasida lipid tabiatli pigment — lyutein bor. Lyutein hujayralar sariqtana gormoni — progesteron ishlab chiqaradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil