Lyuteinlaydigan gormon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyuteinlaydigan gormon - odam va hayvonlar organizmining gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormon. Tuxumdonda ayollar (urgʻochi hayvonlar) jinsiy gormonlari, urugʻdonda esa erkaklar (erkak hayvonlar) jinsiy gormonlari hosil boʻlishini va ajralib chiqishini boshqarib turadi. Ayollar organizmida ovulyasiyata sabab boʻladi va lyuteinlaydi, yaʼni sariq tanani hosil qiladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra glikoproteid.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil