Lyutnya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyutnya (arab, al-ud — xushboʻy daraxt) — torli tirnama musiqa cholgʻusi. Kosaxonasi, katta, dastasi kalta va keng , quloqlar joylashgan uchi qayrilgan. 6-11 ichak tori, 4 (16-asrdan boshlab 11) pardasi boʻlgan. Oʻrta Osiyodan arab mamlakatlari orqali Ispaniya va Sitsiliyaga oʻtgan uch asosida yuzaga kelib, 14-asrda Lyutnya nomi bilan butun Yevropaga tarqalgan. Sadolanishi, Yevropa koʻpovozli (asosan, gomofoniya uslubidagi) musiqasiga xos parda tuzilishi, tovushqator tizimi bilan oʻtmishdoshidan farqqilgan. Uygʻonish davrida yutnya yakkanavoz va ansambl cholgʻusi sifatida Yevropa musiqa madaniyatida asosiy oʻrinni egallagan. Lyutnya uchun kompozitorlar maxsus asarlar yaratgan, xalq kuylarini qayta ishlagan. L. asarlarining notalari tabulatura tarzida chop etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |