Kontent qismiga oʻtish

Witold Lutosławski

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lyutoslavskiy Vi Tolddan yoʻnaltirildi)
Witold Lutosławski
Tavalludi 25-yanvar 1913[1]
Vafoti 7-fevral 1994[1]
Fuqaroligi Polsha

Witold Roman Lutosławski (1913.25.1 — Varshava — 1994) — polyak kompozitori, dirijyor, pianinochi. Shvetsiya Qirollik musiqa akademiyasi aʼzosi (1962), zamonaviy musiqaning Xalqaro jamiyati vitse-prezidenti (1965-yildan), Varshava universiteti va boshqa oliy oʻquv yurtlari doktori (1973). Varshava konservatoriyasining fortepiano (1936) va kompozitsiya (1937) sinflarini tugatgan. 1962-yildan Yevropa va Amerika mamlakatlarida kompo-zitsiyadan dare bergan. Ilk asarlari neoklassitsizm uslubiga yaqin. "Sileziya triptixi" (1951), Orkestr uchun konsert (1954) va boshqa asarlarida polyak folklorniy zamonaviy kompozitorlik uslublari bilan bogʻlagan. B. Bartok xotirasiga bagishlangan "Motam musiqasi" (1958), "Venetsian oʻyinlari" (1961), "Anri Mishoning 3 poemasi" (1964), "Orkestr uchun kitob" (1968), 3 simfoniya (1947—84)si va boshqa mashhur. Aleatorika, nazoratli dodekafoniya, sonoristika va boshqa zamonaviy uslublar asosida yaratilgan asarlari teran maʼnosi, musiqa tilining oʻziga xosligi, orkestr vositalarining yorqinligi, kompozitsion mukammalligi bilan ajralib turadi. Polsha davlat (1952, 1955, 1964), YUNESKOning Xalqaro musiqa kengashi (1983, 1985), Xalqaro kompozitorlar minbari (1959, 1964, 1968, 1985) mukofotlari laureati.[2]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil