Kontent qismiga oʻtish

Mónika Grábics

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Monika Grabics (1976-yil 31-avgustda tugʻilgan) — vengriyalik ayol shaxmatchi, 2003-yilda FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini qoʻlga kiritgan.[1] 1996-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Vengriya chempionatida gʻoliblikka erishgan.

Mónika Grábics
Mamlakat Vengriya
Tugʻilishi 31-avgust 1976-yil (1976-08-31) (48 yosh)
Saravha Ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2335 (iyul 2012-yil)
Yuqori reytingi 2371 (oktabr 2000-yil)

Monika Grbics 1976-yil 31-avgustda Vengriyaning poytaxti Budapeshtda tugʻilgan. U shaxmat oʻynashni 4 yoshidanoq boshlaydi.

1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida Monika Grabics turli yosh guruhlarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va jahon chempionatlarida ishtirok etib, Vengriya nufuzini bir necha bor himoya qilgan. Ushbu musobaqalar davomida Monika oltita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan, bitta oltin (1994-yilda, 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida guruh bahslari doirasida), bitta kumush (1988-yilda 12 yoshgacha qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida) va toʻrtta bronza (1990-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida, 1991 va 1992-yillarda Yevropa yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqasi va 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat chempionatida, 1992-yil, 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida).

1996-yilda Grabics ayollar shaxmat boʻyicha Vengriya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U shaxmat boʻyicha koʻplab xalqaro turnirlar gʻolibi, jumladan, 1999-yilda Budapeshtda oʻtkazilgan xalqaro shaxmat turnirida birinchi oʻrin sovrinni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Monika Grabics 2004-yilda Riyeka shahrida oʻtkazilgan xalqaro shaxmat turnirida ham gʻolib shoxsupasiga koʻtariladi. 2003-yilda Krk shahrida oʻtkazilgan xalqaro shaxmat turnirida birinchi taxtada oʻyinlarini oʻtkazadi.

Monika Grabics Vengriya terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan:[2]

  • 1998-yilda Elista shahridagi 33-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) uchinchi taxtani egalladi (+6, =1, −2),
  • 2000-yilda Istanbuldagi 34-shaxmat olimpiadasida (ayollar) uchinchi taxtani egalladi (+2, =4, −2).

Grabics Vengriya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etgan:[3]

  • 1992-yilda Debretsen shahrida boʻlib oʻtgan 1-jamoaviy shaxmat (ayollar toifasi) Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinda (+4, =2, −3),
  • 1997-yilda Pula shahrida boʻlib oʻtgan 2-jamoaviy shaxmat (ayollar) Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinda (+3, =3, −1),
  • 1999-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 3-Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida (ayollar) birinchi zaxira taxtasida (+0, =1, −2).