Kontent qismiga oʻtish

Müjdat Gezen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Müjdat Gezen
Tavalludi 29-oktyabr 1943-yil (1943-10-29) (81 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor, yozuvchi, shoir
Faoliyat yillari 1963-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Gün İrk (1968–1980)
Leyla Turgut (m. 1988)

Müjdat Gezen (1943-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) – turk teatr aktyori va yozuvchisi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Müjdat Gezen 1943-yil 29-oktabrda Istanbulda tugʻilgan. U Vefa oʻrta maktabida oʻqigan. Shu maktabda bir umrlik eng yaqin doʻstlari boʻlgan Uğur Dündar va Kemal Sunallar bilan tanishgan. 1960-yilda oʻqishni tugatgandan soʻng Istanbul shahar konservatoriyasining teatr yoʻnalishida oʻqishni davom ettirgan. Uylanganidan soʻng uning Elif Gezen ismli qizi tugʻilgan[1].

Oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarida sheʼriyat va teatrga qiziqa boshlagan. 1960-yilda Istanbul shahar teatrida oʻz kasbi boʻlgan teatr sanʼatini tanlagan. Keyinchalik u turli xususiy teatrlarda oʻz faoliyatini davom ettirgan. 1962-yilda birinchi marta filmda rol oʻynagan. Müjdat Gezen oʻzining birinchi kitobini 1975-yilda yozgan. 1980-yildagi Turkiya davlat toʻntarilishidan soʻng u yigirma kunga qamaladi. Uning shoir Nozim Hikmet haqidagi kitobi Turkiyada bosib chiqarish qatʼiyan taqiqlangan[2]. Shu sababli 1982-yilda oʻzining nashriyot tashkilotiga asos solgan. 1986-88-yillarda Cumhuriyet gazetasida tahrirchi sifatida ishlagan. 1991-yilda Müjdat Gezen Sanat Merkezi (qisqacha MSM)[3] nomidagi badiiy tashkilotga asos solgan. Teatr va musiqa kabi turli sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha shogirdlariga trening mashgʻulotlarni oʻtishni boshlagan[4]. 1998-yilda Müjdat Gezen nomidagi teatr guruhiga asos solgan[5]. 2007-yilda UNICEF tomonidan Turkiyada elchi lavozimiga tayinlangan[6]. 2011-yilda doʻsti Uğur Dündar bilan birgalikda Televizion maktabga asos solishgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Müjdat Gezen 2018-yilda Uğur Dündar boshchiligidagi teledasturda „oʻz joyingni bil“ degan gapi uchun prezident Recep Tayyip Erdoğanni haqorat qilish aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan . U oʻzini himoya qilib: "Bu gapni haqorat sifatida aytmagan edim, chunki bu soʻzlarni Erdoğanni oʻzi ham ishlatar edi, shu bilan birga „oʻz joyingni bil“ soʻzi ham turk lugʻatida haqorat sifatida qayd etilmagan"-deya taʼkidlab oʻzini oqlagan[7] .