M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti Chirchiq filiali
Xalqaro nomlari |
qozoqcha: М.Әуезов атындағы Оңтүстік Қазақстан зерттеу университеті Шыршық филиалы |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2024-yil 10-iyul |
Rektori | D. P. Qojamjarova |
Fakultetlar | 18 ta |
Talabalari | 400 |
Manzili |
Chirchiq shahri “X. Maqsudov” MFY, V. Haydarov ko‘chasi 1-uy |
Veb-sayti | Chirchiq filiali |
M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti Chirchiq filiali (qozoqcha: М.Әуезов атындағы Оңтүстік Қазақстан зерттеу университеті Шыршық филиалы) – Oʻzbekistonning Oliy oʻquv yurtlaridan biri[1]. 2024-yil 10-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 406-son qarori asosida tashkil etilgan Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universitetining filiali[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozog‘iston prezidentlari Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning dekabr oyida har ikki mamlakatda paritet asosda universitetlar filiallarini ochishga kelishib olgan edi[3]. 2023-yil may oyida “M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti” Chirchiq shahrida filialini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo komissiya qarori to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. 2023-yil iyul oyida esa ikki davlat taʼlim vazirlari oʻrinbosarlari M. Auezov filialini ochish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladilar[4]. 2024-yilning 8-avgust kuni Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokara yakunlari bo‘yicha hamda Auezov universitetining 80 yilligi munosabati bilan imzolangan kelishuv asosida amalga oshirildi[5]. Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti bilan hamkorligida tashkil etilgan bu universitet Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan[6].
Yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 6B04110 — Iqtisod
- 6B04210 — Huquqshunos
- 6B04220 — Xalqaro huquq
- 6B05120 — Biotexnologiya
- 6B05210 — Ekologiya
- 6B06120 — Axborot tizimi
- 6B07110 — Avtomatlashtirish va boshqarish
- 6B07120 — Mashinasozlik
- 6B07130 — Transport, transport texnikasi va texnologiyasi
- 6B07150 — Elektroenergetika
- 6B07160 — Neorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi
- 6B07170 — Organik moddalarning kimyoviy texnologiyasi
- 6B07210 — Neft va gaz ishi
- 6B07220 — Metallurgiya
- 6B07253 — Oziq-ovqat havsizligi va muhandislik
- 6B07260 — To’qima materiyallarning loyihasi va texnologiyasi
- 6B07340 — Qurilish materiallari, buyumlari va loyihalarini ishlab chiqish
- 6B11210 — Hayot xavfsizligi va atrof muhit muxofazasi[6][7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Toshkentda Muxtor Avezov universiteti filiali ochiladi“. Oliygoh.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ „М.Ауэзов номидаги Жанубий Қозоғистон университетининг Чирчиқ шаҳридаги филиалини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида“. Lex.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ „Президенты Казахстана и Узбекистана провели совместный брифинг для СМИ“. Akorda.kz (2022-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ Panchenko, Tatyana „В Узбекистане открывают филиал казахстанского вуза“. Forbes.kz (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ Gladkova, Yana „Филиал Южно-Казахстанского исследовательского университета им. Ауэзова открыли в Узбекистане“ (ruscha). Astana.tv (2024-yil 8-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „ӨЗБЕКСТАНДА AUEZOV UNIVERSITY ФИЛИАЛЫ АШЫЛАДЫ“ (qozoqcha). AUEZOV UNIVERSITY (2023-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
- ↑ „Казахстанский ВУЗ открыл филиал в Чирчике“. Uzdaily.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.