Shavkat Mirziyoyev
Vikiiqtibosda Shavkat Mirziyoyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, 2016-yildan hozirgacha Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2024-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.
Hayoti
Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.
2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[1][2] va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.
2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi[3].
2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi[4].
2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi[5].
2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi[6].
2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.
2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi[7].
Prezidentligi
Mirziyoyevning prezident sifatidagi vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.
Xorijiy davlatlarga tashriflari
Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[8][9]:
# | Davlat | Tashrif sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
51 | Rossiya | 26-27.12.2022 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning rahbarlarining norasmiy sammiti[10] |
50 | Fransiya | 21-22.11.2022 | ikki tomonlama hamkorlik |
49 | Vengriya | 3-4.10.2022 | ikki tomonlama hamkorlik[11] |
48 | Koreya Respublikasi | 16-17.12.2021 | ikki tomonlama hamkorlik |
47 | Qozogʻiston | 5-6.12.2021 | ikki tomonlama hamkorlik[12] |
46 | Turkmaniston | 27-28.11.2021 | Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammiti[13] |
45 | Rossiya | 16-18.11.2021 | oʻzaro hamkorlik |
44 | Turkiya | 11-16.11.2021 | Turkiy davlatlar sammiti[14] |
43 | Tojikiston | 16-17.09.2021 | Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti[15] |
42 | Turkmaniston | 5-6.08.2021 | Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi[16] |
41 | Tojikiston | 10.06.2021 | oʻzaro hamkorlik[17] |
40 | Turkmaniston | 29.04.2021 | oʻzaro hamkorlik[18] |
39 | Rossiya | 23-24.06.2020 | Gʻalabaning 75 yilligi[19] |
38 | Turkiya | 19-22.02.2020 | oʻzaro hamkorlik[20] |
37 | Yaponiya | 16-18.12.2019 | oʻzaro hamkorlik[21] |
36 | Ozarbayjon | 13-15.10.2019 | turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi |
35 | Turkmaniston | 10-11.10.2019 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi |
34 | Belarus | 31.07.2019 | oʻzaro hamkorlik[22] |
33 | Qirgʻiziston | 14-16.06.2019 | Bishkekdagi ShHT sammiti (2019) |
32 | Xitoy | 24-27.04.2019 | oʻzaro hamkorlik |
31 | Birlashgan Arab Amirliklari | 24-26.03.2019 | oʻzaro hamkorlik |
30 | Olmoniya | 21-23.01.2019 | oʻzaro hamkorlik |
29 | Hindiston | 18.01.2019 | Xalqaro investitsiya sammiti |
28 | Rossiya | 06.12.2018 | oʻzaro hamkorlik |
27 | Qozogʻiston | 26-27.11.2018 | Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi |
26 | Fransiya | 9-10.10.2018 | oʻzaro hamkorlik |
25 | Hindiston | 02.10.2018 | oʻzaro hamkorlik |
24 | Tojikiston | 27-28.09.2018 | MDH sammiti |
23 | Qirgʻiziston | 03.09.2018 | Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti[23] |
22 | Turkmaniston | 24-25.08.2018 | Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman[24] |
21 | Qozogʻiston | 5-6.07.2018 | oʻzaro hamkorlik[25] |
20 | Rossiya | 14.06.2018 | FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi[26] |
19 | Xitoy | 8-9.06.2018 | Sindaodagi ShHT sammiti (2018) |
18 | AQSh | 15-17.05.2018 | oʻzaro hamkorlik[27][28] |
17 | Qozogʻiston | 15-16.03.2018 | oʻzaro hamkorlik[29] |
16 | Tojikiston | 9-10.03.2018 | oʻzaro hamkorlik |
15 | Koreya Respublikasi | 22-25.11.2017 | oʻzaro hamkorlik |
14 | Turkiya | 25.10.2017 | oʻzaro hamkorlik |
13 | Rossiya | 9.10.2017 | MDH sammiti |
12 | AQSh | 19.09.2017 | BMT sammiti |
11 | Turkmaniston | 17.9.2017 | V Osiyo oʻyinlari marosimi |
10 | Qozogʻiston | 9.9.2017[30] | oʻzaro hamkorlik, Expo 2017 |
9 | Qirgʻiziston | 5.9.2017 | oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari |
8 | Qozogʻiston | 9.6.2017 | oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017) |
7 | Saudiya Arabistoni | 22.05.2017 | Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti |
6 | Turkmaniston | 20.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
5 | Xitoy | 13.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
4 | Qozogʻiston | 28.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
3 | Rossiya | 05.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
2 | Qozogʻiston | 23.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
1 | Turkmaniston | 06.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
Tashriflar soni
Davlat | Tashriflar |
---|---|
Qozogʻiston | 8 |
Rossiya | 6 |
Turkmaniston | 8 |
Xitoy | 3 |
Qirgʻiziston | 3 |
Tojikiston | 5 |
AQSh | 2 |
Hindiston | 2 |
Turkiya | 3 |
Saudiya Arabistoni | 1 |
Koreya Respublikasi | 2 |
Fransiya | 1 |
Olmoniya | 1 |
Birlashgan Arab Amirliklari | 1 |
Belarus | 1 |
Ozarbayjon | 1 |
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni (1998)[31]
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007)[32]
- Danaker ordeni (Qirgʻiziston, 2017)
- 1-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston, 2018)
- Zarrintoj ordeni (Tojikiston, 2021)
- Aleksandr Nevskiy ordeni (Rossiya, 2022)
- AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasining mukofoti (2017)[33]
- Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018)[34][35].
- Osiyo jurnalistlar uyushmasining „Yil kishisi“ mukofoti (2018)[36][37]
- Nagoya universiteti faxriy doktori (2019)[38]
- Turk dunyosini tiklashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofoti (2020)[39]
- Turkiy dunyoning oliy ordeni (2023)[40]
- Turkiya Respublikasi ordeni (2024)[41]
- Oltin Qiron ordeni (Qozogʻiston, 2024)[42]
Oilasi
Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan[43].
Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi[44].
Katta Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi[45]. 2019-yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining xorijda O‘zbekiston imijini targ‘ib qilish bo‘yicha PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat organlari matbuot xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Turmush o`rtog`i - Tursunov Oybek .O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan[46]
Kichkina Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza[47] Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi.
Turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti[48].
Katta o`g`li qamoqda.
Asarlari
Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. — 56 b.
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. — 104 b.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016-yil 7-dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2017. — 48 b.
Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan oʻtkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida soʻzlagan nutqlari oʻrin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „Oʻzbekiston“, 2017. — 488 b[49].
Manbalar
- ↑ Biografiya
- ↑ Biografiya[sayt ishlamaydi]
- ↑ Yoʻldoshev
- ↑ Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi | OʻzLiDeP, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18
- ↑ Saylov natijalari
- ↑ Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari eʼlon qilindi
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi“ (2023-yil 14-iyul). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
- ↑ „Xorijga tashriflar“. 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/5794
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/5582
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4801
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4789
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4759
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4616
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4528
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4411
- ↑ https://president.uz/uz/lists/view/4316
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/06/22/shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskvada-boladi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/02/19/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-jonab-ketdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/16/shavkat-mirziyoyevning-yaponiyaga-tashrifi-doirasida-50ga-yaqin-hujjat-imzolanadi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/07/31/shavkat-mirziyoyev-minskka-yetib-bordi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/09/02/savkat-mirzieevning-kejingi-ikki-oj-icidagi-tigiz-ucrasuvlar-grafigi-malum-buldi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/08/24/savkat-mirzieev-turkmanistonga-zunab-ketdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/07/04/savkat-mirzieev-kozogistonga-boradi
- ↑ Shavkat Mirziyoev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi
- ↑ https://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda
- ↑ [1]
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/09/09/savkat-mirzieev-ostona-sariga-etib-bordi
- ↑ PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ Sh. Mirziyoyevni „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ „Мирзиёев удостоен награды за проведение реформ в Узбекистане“ (ru). Sputnik Таджикистан (2017-yil 2-fevral). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „Президенту Узбекистана вручили в Турции награду «За заслуги перед Евразией»“ (ru). Regnum (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „В Турции президента Мирзиёева наградили премией «За заслуги перед Евразией»“ (ru). ИА EADaily (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев назван «Человеком года в Азии»“ (ru). «Газета.uz» (2018-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ Jung Hae-myoung. „Koo, Park named 'Asians of the Year'“ (en). The Korea Times (2018-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Нагоя университетининг фахрий доктори бўлди“. Kun.uz.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/01/05/shavkat-mirziyoyev-nufuzli-xalqaro-mukofot-bilan-taqdirlandi
- ↑ „President of Uzbekistan was awarded Supreme Order of Turkic World“. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi“.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlandi“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
- ↑ „Zomin tumani“. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
- ↑ „Ziroatxon Hoshimova“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-dekabr.
- ↑ „Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi“. Kun.uz (25-avgust 2023-yil). Qaraldi: 7-sentyabr 2023-yil.
- ↑ „Мирзиёев, Шавкат Миромонович“, Википедия (ruscha), 2024-07-15, qaraldi: 2024-12-22
- ↑ „Shahnoza Mirziyoyeva Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi“ (uz-Latn). Газета.uz (2024-yil 13-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/02/09/otabek-umarov-xalqaro-tashkilot-rahbariga-aylandi
- ↑ Shavkat Mirziyoev: „Bizda 27 yilda turizm boʻlmagan. Davlat yopiq boʻlgan“
Havolalar
Vikiiqtibosda Shavkat Mirziyoyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- 24-iyulda tugʻilganlar
- 1957-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Danaker ordeni kavalerlari
- Qozogʻistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Zarrintoj ordeni sohiblari
- Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni sohiblari
- Turkiy dunyoning oliy ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Oʻzbekiston Bosh vazirlari
- Oʻzbekiston Prezidentlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
- Jizzax viloyati hokimlari
- Samarqand viloyatining hokimlari
- Jizzax viloyati kishilari
- Yashayotgan insonlar
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari
- Turkiy davlatlar tashkiloti raislari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari
- Toshkent tumani hokimlari
- Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari
- Oʻzbekiston musulmonlari