Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi – saylangan Oʻzbekiston Prezidentining vakolatlarining boshlanishiga bagʻishlangan tantanali marosimdir[1]. Prezidentning vakolat muddati yetti yil (avval besh yil). Inauguratsiya marosimi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishishi belgilangan[2][3]. Marosim davomida yangi Prezident Oʻzbekiston xalqi oldida qasamyod qiladi va Prezidentlik lavozimiga kirishadi.

Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishi marosimi 2021-yildan Oliy Majlisning yangi binosida oʻtkazilgan[4].

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 108-moddasida belgilanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi. Marosim davrida boshqa shartlar va qonun bilan tartibga solinmagan holatlar, Oʻzbekiston Konstitutsiyasida belgilangan ishtirokchilarning majburiy ishtirok etishi sharti bilan har qanday inauguratsiya ssenariysiga ruxsat beriladi.

Inauguratsiya marosimida Konstitutsiyada belgilangan shaxslarga qoʻshimcha ravishda, odatda, Oʻzbekiston hukumatini tashkil etuvchi boshqa shaxslar: Oʻzbekiston hukumatining raisi, vazirlar, idoralar rahbarlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbariyati, prokuratura, maxsus xizmat vakillari, viloyat rahbarlari, asosiy diniy konfessiyalarning yetakchilari, taniqli sanʼat va sport, fan, biznes vakillari, amaldagi hukumatni qoʻllab-quvvatlovchi jamoat va yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.

Inauguratsiyada odatda quyidagi shaxslar qatnashadilar:

Oʻzbekiston Prezidentining inauguratsiyasi ssenariysi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Prezidentining shtandarti
  1. Konstitutsiyaviy sud raisi, Markaziy Saylov Komissiyasi raisi va Oliy Majlis raisi minbarga koʻtariladi.
  2. Oʻzbekistonning yangi saylangan prezidenti korteji Sharof Rashidov koʻchasidan oʻtib, Islom Karimov koʻchasidagi Oliy Majlis binosi kirish qismida toʻxtaydi. Bino kirish qismida Oʻzbekistonning saylangan Prezidentini faxriy qorovul boshligʻi kutib oladi.
  3. Prezident tashrifidan soʻng marosim zaliga faxriy qorovul boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi va Oʻzbekiston Prezidentining shtandarti[5][6] minbarning oʻng tomoniga davlat bayrogʻi, chap tomoniga esa prezident shtandarti qoʻyiladi.
  4. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining maxsus nusxasi, muqaddas kitob Qur’oni Karim va Oʻzbekiston Prezidentining belgisi, Oliy nishon faxriy qorovul boshchiligida davlat rahbari qasamyod qiladigan minbarga qoʻyiladi. Bunday holda, Konstitutsiya va Qurʼon oʻng tomonga, Prezident belgisi esa chap tomoniga qoʻyiladi.
  5. Markaziy Saylov Komissiyasi raisi oʻtgan saylov natijalarini tanishtiradi va yangi prezidentga Prezidentlik guvohnomasini topshiradi.
  6. Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi Prezidenti qasamyodiga oid Prezidentlikka kirishish toʻgʻrisida maʼlumot va 108-moddaga izoh beradi. Shundan soʻng saylangan prezidentdan qasamyod qabul qilishni soʻraydi.
  7. Prezidentlik lavozimiga kiruvchi davlat rahbari oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasining maxsus nusxasi va muqaddas kitob Qurʼoni Karimga qoʻyib, qasamyod matnini oʻqiydi. Shundan soʻng Oʻzbekiston prezidenti oʻz lavozimini egallagan hisoblanadi.
  8. Oʻzbekiston Prezidenti qasamyoddan soʻng marosim mehmonlari va Oʻzbekiston fuqarolari oldida nutq soʻzlaydi.

Oʻzbekiston Prezidentining qasamyodi matni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy saylov komissiyasi raisi yangi Prezidentga mansabdorlikka qabul qilinganidan keyin Prezidentlik guvohnomasini topshiradi.

Inauguratsiya marosimida anʼanalarga koʻra Prezident oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Qurʼoni Karimga qoʻygan holda, qasamyod qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi:

„Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman“

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov Kodeksining 12-bob 65-moddasida Oʻzbekiston Prezidenti lavozimga kirishish muddati belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.

Аmaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

Oʻzbekiston tarixida ilk Prezidentlik lavozimi 1990-yil 24-martda joriy qilingan boʻlsa-da, Prezidentlik qasamyod marosimi ilk bor 1992-yilda oʻtkazilgan. 1991-yil 30-dekabrda Islom Karimov Oʻzbekistonning birinchi prezidenti sifatida saylangan boʻlsa, 1992-yil 4-yanvarda Oliy Kengash binosida Prezidentlik qasamyodi va lavozimga kirishish marosimi boʻlib oʻtgan[7]. Inauguratsiya marosimi turli yillarda haftaning shanba kunida uch bor, juma va chorshanba kunlari ikki bor oʻtkazilgan. Marosim uchun alohida sana va kun belgilanmagan. Prezidentlik saylovi natijalari eʼlon qilinganidan soʻng bir hafta muddat ichida oʻtkazilgan.

Inauguratsiya marosimlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Marosim Manzil
1 1992-yil 4-yanvar

(Shanba)[8]

Islom Karimovning birinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

2 2000-yil 22-yanvar

(Shanba)[9][10]

Islom Karimovning ikkinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

3 2008-yil 16-yanvar[11][12][13][14][15]

(Chorshanba)

Islom Karimovning uchinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

4 2015-yil 10-aprel

(Juma)[16][17][18][19]

Islom Karimovning toʻrtinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

5 2016-yil 14-dekabr[20]

(Chorshanba)

Shavkat Mirziyoyevning birinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati eski binosi,

Toshkent.

6 2021-yil 6-noyabr

(Shanba)[21][22][23][24]

Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati yangi binosi,

Toshkent[25].

7 2023-yil 14-iyul[26]

(Juma)

Shavkat Mirziyoyevning uchinchi inauguratsiyasi Oliy Majlis Senati yangi binosi,

Toshkent

  1. „O‘zbekistondagi avvalgi inauguratsiyalar qanday o‘tgan — foto“ (2023-yil 14-iyul).
  2. „65-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish“ (2019-yil 26-iyun).
  3. Valeriy Sharifulin/TASS. „O'zbekistonda Prezident saylovi. Dosye“ (Ru) (2016-yil 2-dekabr).
  4. „Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidan fotoreportaj“ (2021-yil 6-noyabr).
  5. „O‘zbekistonda rasmiy prezidentlik ramzlari joriy etilmoqda“ (Rus) (2021-yil 26-oktyabr).
  6. „“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida“ (2021-yil 25-oktyabr).
  7. „Выборы Президента Узбекистана“.
  8. „Tarixiy video: Islom Karimov prezident sifatida qasamyod qabul qilmoqda“ (2020-yil 4-yanvar).
  9. „Video: 28 yil avval Islom Karimov Prezident sifatida birinchi marta qasamyod qilgandi“ (2020-yil 4-yanvar).
  10. „Islom Karimov saylanish huquqidan foydalanadi“ (2007-yil 19-sentyabr).
  11. „Uzbek president delivers inauguration speech“ (2008-yil 16-yanvar).
  12. „Избранный президентом Узбекистана Ислам Каримов принял присягу“ (2008-yil 16-yanvar).
  13. „Ислам Каримов официально вступил в должность Президента Узбекистана“ (2008-yil 16-yanvar).
  14. „Islam Karimov sworn in as Uzbek president“ (2008-yil 16-yanvar).
  15. „Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishdi.“ (ukraincha) (2008-yil 16-yanvar).
  16. „Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi“ (2015-yil 10-aprel).
  17. „Islom Karimov prezident sifatida to'rtinchi bor qasamyod qildi“ (10-aprel, 2015).
  18. „Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.“ (2015-yil 13-aprel).
  19. „Toshkentda Islom Karimov yana qasamyod qabul qildi“ (2015-yil 15-aprel).
  20. „Инаугурация Президента пройдет 14 декабря“ (2016-yil 13-dekabr).
  21. „Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidan fotoreportaj“ (2021-yil 6-noyabr).
  22. „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi“ (2021-yil 6-noyabr).
  23. „Mirziyoyevning Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi 6-noyabr kuni boʻlib oʻtadi“ (2021-yil 4-noyabr).
  24. „O‘zbekiston Prezidenti inauguratsiyasi sanasi ma’lum qilindi“ (2021-yil 5-noyabr).
  25. „Qonunchilar qarorgohi: O‘zbekiston Senatining yangi binosiga fotosayohat“ (2022-yil 17-fevral).
  26. „O‘zbekistonning saylangan prezidenti lavozimiga kirishdi“ (2023-yil 14-iyul).