Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi
Ushbu maqola Oʻzbekiston siyosati va hukumatiga bagʻishlangan turkumning bir qismidir |
---|
|
Vazirlar Mahkamasi |
Oʻzbekiston portal |
Saylov kodeksi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydigan kodeks[1]. Saylov huquqi fuqarolarning asosiy, siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Bu huquq normalari, avvalo, Konstitutsiyada mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida alohida XXII bob saylov tizimiga bagʻishlanib, unda saylov huquqining asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan[2].
Tarixi va tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan va 2019-yil 26-iyundan kuchga kirgan. Qonun matni „Xalq soʻzi“ gazetasida eʼlon qilingan. Saylov kodeksining matni keyinchalik Oliy Majlis palatalari axborotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilinadi. Hujjat sohani koʻp sonli normativ hujjatlar bilan fragmentar ravishda huquqiy tartibga solishdan voz kechish imkonini beradi. Kodeks ulardagi normalarni oʻzida jamladi va tizimlashtirdi, shu munosabat bilan 20 dan ortiq hujjatlar(„Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida“, „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida“, „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida“gi va boshqa qonunlar) toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotdi[3]. Kodeksiga soʻngi martta 2023-yil 24-noyabrda (Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-883-sonli Qonuni bilan) oʻzgartirish kiritilgan[4]. Iqtisodiy protsessual kodesksi 18 bob va 103 moddadan tashkil topgan.
Saylov huquqi prinsiplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saylov huquqida ham prinsip atamasi qoʻllanilib, eng avvalo, u saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini koʻrsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon boʻladi[5]. Saylov huquqining asosiy prinsiplari-saylov jarayonini tashkil qilish va oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan ustuvor qoidalar yigʻindisi.
Saylov huquqining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
- umumiy saylov huquqi prinsipi;
- teng saylov huquqi prinsipi;
- toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi prinsipi;
- yashirin ovoz berish huquqi prinsipi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV KODEKSI“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
- ↑ „OʻZBEKISTONDA YANA BITTA KODEKS QABUL QILINDI PODROBNEYE: HTTPS://WWW.NORMA.UZ/OZ/QONUNCHILIKDA_YANGI/UZBEKISTONDA_YANA_BITTA_KODEKS_QABUL_QILINDI“. norma.uz. «NORMA» MChJ. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA SAYLOV VA REFERENDUM O‘TKAZISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
- ↑ Turg'unov, O. Saylov huquqi tushunchasi va predmeti. Toshkent: TDYU, 2018 — 18-21-bet. ISBN 978-9943-822-74-36.