Yer kodeksi
Ushbu maqola Oʻzbekiston siyosati va hukumatiga bagʻishlangan turkumning bir qismidir |
---|
|
Vazirlar Mahkamasi |
Oʻzbekiston portal |
Yer kodeksi – yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. XX asrga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat koʻrsatmalari asosida olib borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Yer kodeksi 1927-yilda qabul qilingan, 1929-yilda esa Yer kodeksi.oʻrniga Yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970-yil 25-sentabrda yangi Yer kodeksi qabul qilinguniga qadar amalda boʻldi. 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining „Yer toʻgʻrisida“gi yangi qonuni 1991-yil 1-yanvardan amalga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998-yil 30-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksini tasdiqladi (1998-yil1-iyuldan amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeski 91 moddani oʻz ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Yer kodeksi va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik boʻlgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Shu jumladan yangi yer kodeksi 1998-yilda qabul qilingan. Qosimjon Rahmonov[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |