Oʻzbekiston prezidentining vakolatlari muddati boʻyicha referendum (1995)
1995-yil 26-martda Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti Islom Karimovning vakolat muddatini 2000-yilgacha uzaytirish boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkazildi[1]. Bu hamon mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi uchta (1991 va 2002-yillardagi referendumlar bilan bir qatorda) umumxalq referendumlaridan biri hisoblanadi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Karimovning prezidentlik muddati 1996-yil dekabr oyida tugadi, biroq mamlakatda avtoritar rejimning bosqichma-bosqich oʻrnatilishi , haqiqiy muxolifatning bostirilishi va haydalishi tufayli Oʻzbekiston Oliy Majlisi amalda prezidentga qaram boʻlib qoldi.Xalqning koʻplab iltimoslari bilan Islom Karimovning vakolat muddatini 2000-yilgacha uzaytirish, shu tariqa navbatdagi Prezident saylovini 1996-yildan 2000-yilga koʻchirish boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Referendum oʻtkazilgan paytda Islom Karimov olti yil – 1989-yildan buyon Oʻzbekistonni boshqargan edi.
Referendum ijobiy yakunlanganidan soʻng Prezident Islom Karimov ushbu referendumni oʻzini ikkinchi muddatga Prezidentlikka saylash bilan teng deb bilishini va Oʻzbekiston Respublikasining oʻsha paytdagi Konstitutsiyasiga muvofiq, keyingi 2000-yilgi navbatdagi Prezident saylovida oʻz nomzodini ko'rsatmasligini ochiq aytdi. Chunki Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga koʻra, bitta Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ketma-ket ikki martadan ortiq Oʻzbekiston Prezidenti boʻlish huquqiga ega emas [2].
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA“. lex.ux. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TOʻGʻRISIDA“. lex.ux. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
- ↑ Nohlen D., Grotz F., Hartmann C.. Elections in Asia and the Pacific: A Data Handbook: Volume 1: Middle East, Central Asia, and South Asia (Elections in Asia and the Pacific Vol. 1). Oxford: Oxford University Press, 2001 — 490-492-bet. ISBN 0-19-924958-X.
Tanlov | Ovozlar | % |
---|---|---|
Yoqlab | 11 199 415 | 99.6 |
Qarshi | 40 617 | 0.4 |
Yaroqsiz ovozlar | 4996 | - |
Jami | 11 245 248 | 100 |
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar | 11 319 447 | 99.3 |