Rustam Xolmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Ibragimovich Xolmurodov
Samarqan davlat universiteti rektori
Mansab davri
2016-yil sentyabr – hozirgi vaqtgacha
Avvalgisi Olimjon Xolmuhammedov
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2003-yil 16-dekabr – 2004-yil 9-iyul
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Oʻtkir Sultonov
Avvalgisi Shavkat Mirziyoyev
Keyingisi Mamarizo Nurmurodov
Samarqand davlat universiteti rektori
Mansab davri
1999 – 2003
Avvalgisi Joʻraqul Sattorov
Keyingisi Temur Shirinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-avgust 1949-yil (1949-08-16) (74 yosh)
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Taʼlim Samarqand arxitektura-qurilish instituti
Kasbi Muhandis-quruvchi
Ilmiy unvoni professor, texnika fanlari doktori
Mukofotlari , Oʻzbekiston fan arbobi

Rustam Ibragimovich Xolmurodov (1949-yil 16-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam Xolmurodov 1949-yil 16-avgust Samarqandda tavallud topgan[1][2]. 1967−1972-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida oʻqigan. Institutni sanoat-fuqarolik qurilishi, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1973−1977-yillarda Kiyev avtomobil yoʻllar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti, 1977−1978-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, 1978−1986-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yogʻoch plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri[1], 1986−1988-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani, 1988−1989-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 1989−1997-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori, 1997−1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari[3], 1999−2003-yillarda Samarqand davlat universiteti rektori, 2003−2004-yillarda Samarqand viloyati hokimi[4][5][6], 2004-yilda Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan[1]. 2016-yildan Samarqand davlat universiteti rektori[3][7]. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi[2][8]. 1999−2004-yillarda Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati boʻlgan[5]. 8-Turon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati (2019-yil)[8]. 2022-yilda ikki yil muddatga Rustam Xolmurodov Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylangan[9][10][11].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam Xolmurodov "Metall qurilmalar" oʻquv qoʻllanmasi (1994), ruscha: „Сейсмостойкость архитектурных памятников Средней Азии и Кавказа“ (1994), ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (1995), ruscha: „Расчет элементов конструкций с нарушениями регулярности структуры“ (2002), „Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻqitish“, „Ellastiklik nazariyasi“, ruscha: „Конструкции архитектурных памятников Самарканда“ monografiyalari (2003) muallifi. 1994-yilda Moskvadagi Xalqlar doʻstligi universitetida ruscha: „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[12]. Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida 10 dan ortiq yangi taʼlim yoʻnalishlari ochilib, fakultetlar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 26-avgustda „El-yurt hurmati“ ordeni[2][13], 2022-yil 29-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni[14] bilan taqdirlangan[1]. Anqara shahridagi Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori (2021-yil)[15], Moskva davlat universitetining faxriy professori (2023-yil 25-yanvar)[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Samarqand davlat universiteti rektori“. 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Bugun senator Rustam Xolmurodovning tugʻilgan kuni“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 16-avgust). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Samarqand davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“. sputniknews.uz (2016-yil 3-oktyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  4. „Samarqand viloyatining sobiq hokimlari: ular hozir nima ish bilan band?“. kun.uz (2018-yil 8-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 „ХАЛМУРАДОВ Рустам Ибрагимович“ (rus tilida). centrasia.org. 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  6. „Новым хокимом Самаркандской области стал ректор Рустам Халмурадов“ (rus tilida). centrasia.org (2003-yil 17-dekabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  7. „SamDUda rektor almashgani maʼlum qilindi“. kun.uz (2016-yil 3-oktyabr). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 „Samarqandda Senat a’zolari saylandi“. zarnews.uz (2020-yil 17-yanvar). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  9. „Ректор Самаркандского вуза избран главой ассоциации азиатских университетов“ (rus tlida) (2022-yil 18-sentyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  10. „Ректор СамГУ стал президентом Ассоциации азиатских университетов“ (rus tilida). sputniknews.ru (2022-yil 18-sentyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  11. „Samarqand davlat universiteti rektori Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylandi“. uzreport.news (2022-yil 17-sentyabr). 2022-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  12. „Совершенствование теории и методов расчета железобетонных плит с нарушениями регулярности“ (rus tilida). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  13. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма олти йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. prezident.uz (2017-yil 26-avgust). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  14. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. prezident.uz (2022-yil 29-avgust). 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  15. „Rustam Xolmurodovga Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori unvoni berildi“. zarnews.uz (2021-yil 14-noyabr). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  16. „Ректор Самаркандского госуниверситета – Почетный профессор Московского университета“ (rus tilida) (2023-yil 25-yanvar). 2023-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.