Kontent qismiga oʻtish

Saidmahmud Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidmahmud Nogʻmonovich Usmonov
KPSS Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi-
Mansab davri
1964 – 1973-yillar
Oʻtmishdoshi Xoʻjayev, Asadilla Ashrapovich
Vorisi Qodirov, Vladimir Nikolayevich
Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi-
Mansab davri
1961 – 1962-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1929-yil 18-may
Chimkent
Vafoti 2000-yil 18-mart (70 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Saidmahmud Nogʻmonovich Usmonov — sovet olimi, davlat va siyosat arbobi.

1929-yilda tugʻilgan. 1955-yildan KPSS(b) aʼzosi.

1951-yildan ilmiy, ijtimoiy va siyosiy faoliyatda:

  • Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, iqtisodiyot kafedrasi texnigi, kichik, katta ilmiy xodimi,
  • Surxondaryo viloyat partiya qoʻmitasi kotibi,
  • Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi,
  • Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi,
  • Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash vazirining 1-oʻrinbosari
  • KPSS Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi,
  • Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari,
  • Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining vitse-prezidenti, prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodchilar uyushmasi prezidenti.

VASXNIL iqtisod fanlari doktori (1980-yil), professor (1981-yil), muxbir aʼzosi (1983-yil) va akademigi (1988-yil).

SSSR Oliy Kengashining 7 va 8-chaqiriqlari deputati etib saylangan.