Bahodir Yusupov
Qiyofa
Bahodir Yusupov | |
---|---|
Qishloq xoʻjaligi vaziri | |
Mansab davri 2018-yil fevral – 2019-yil 28-yanvargacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Jamshid Xoʻjayev |
Namangan viloyati hokimi | |
Mansab davri 2009-yildan – 2015-yil 26-noyabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ikromxon Najmiddinov |
Vorisi | Xayrullo Bozorov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
16-avgust 1961-yil Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
Mukofotlari |
Bahodir Tursunovich Yusupov (1961-yil 16-avgustda tugʻilgan, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat va siyosat arbobi. 2009-yildan 2015-yil 26-noyabrgacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2018-yil fevraldan 2019-yil 28-yanvargacha Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri. Ikkinchi va uchinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori etib saylangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1982-yilda Toshkent davlat texnika universitetini muhandis-texnologiya mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
- 1982-1984 — Namangan viloyatidagi 2-sonli gʻisht zavodida usta, katta usta.
- 1984-1986 - Namangan viloyati 15-sonli gʻisht zavodining boʻlim boshligʻi, bosh muhandisi, direktori boʻlgan.
- 1986-1988 - Uchqoʻrgʻon tumani „Andijon“ kollektiv xoʻjaligi yoshlar qoʻmitasining kotibi.
- 1988-1989 — Uchqoʻrgʻon tumani yoshlar qoʻmitasining boʻlim boshligʻi, ikkinchi kotibi.
- 1989-1994 — Uchqoʻrgʻon tumani „Andijon“ kolxozi partiya qoʻmitasi kotibi, boshqaruv raisi oʻrinbosari.
- 1994-1998 — Uchqoʻrgʻon viloyati „Andijon“ kolxozi boshqaruvi raisi.
- 1996-1998 - Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining talabasi boʻlgan.
- 1998-2001 — Uchqoʻrgʻon tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
- 2001-2004 - Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
- 2004-2009 - Chust tumani hokimi.
- 2009-yil 27-dekabrda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining deputati boʻldi.
- 2010-2015 - Namangan viloyati hokimi[1].
- 2010-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi.
- 2015-2018 - Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashining raisi.
- 2018-2019 - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri.
- 2019-2021 — Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimi[2]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
- 2021-yildan - Namangan viloyati xalq qabulxonasi mudiri.[3][4]