Rustam Xolmatov
Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov | |
---|---|
Toshkent viloyati hokimi | |
Mansab davri 2019-yil 4-iyun – 2021-yil 30-yanvargacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Gʻulomjon Ibragimov |
Vorisi | Davron Hidoyatov |
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2018-yil – 2019-yilgacha | |
Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2017-yil – 2018-yilgacha | |
Bekobod tumani hokimi | |
Mansab davri 2016-yil – 2017-yilgacha | |
Quyi chirchiq tumani hokimi | |
Mansab davri 2003-yil – 2008-yilgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1961 Oqqoʻrgʻon tumani,Toshkent viloyati, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Mukofotlari |
Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun — 2021-yil 30-yanvar).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan[1]. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlagan[2].
1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlagan[3].
2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi[4]. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindi[5]. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rustam Xolmatovni ishdan bo‘shatish niyati bo‘lmaganiтш lekin, uning o‘zi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganini ma’lum qilgan[6].
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Mehnat Shuxrati" ordeni (2002-yil 27 avgust)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://qalampir.uz/news/rustam-kholmatov-yana-toshkent-viloyati-%D2%B3okimi-buldi-12832
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2008/12/17/hokim/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2021/01/30/toshvil/
- ↑ https://president.uz/ru/lists/view/2644
- ↑ https://news.rambler.ru/world/46038627-v-uzbekistane-smenili-glavu-tashkentskoy-oblasti/
- ↑ „Президент Тошкент вилояти собиқ ҳокими нега ишдан олинганини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март.