Kontent qismiga oʻtish

Amin Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amin Tojiyev
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
1989-yil iyul – 1992-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Sagindik Niyetullayev
Vorisi Rajabboy Yoʻldoshev
Mukofotlari

Amin Hamrayevich Tojiev — qoraqalpoq davlat arbobi. 1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Amin Xamrayevich 1983-yil 23-martda qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan.

1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 10-sessiyasida „boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan“ egallab turgan lavozimidan ozod etilgan[1].

2006-yil 6-apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzosi[2].

Amin Tojiyev „Qoraqalpogʻistondagi Amudaryo deltasida toʻqay oʻrmonlarini saqlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash“ loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita birinchi yigʻilishida ishtirok etgan.

Oʻgʻli — Tojiev Erkin Aminovich 2022-yil 22-iyuldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan.