Rahmonbek Usmonov
Usmonov Rahmonbek Jahongirovich | |
---|---|
Усманов Рахманбек Джахангирович | |
Toshkent shahrining hokimi | |
Mansab davri 2011-yil 17-fevral – 2018-yil 26-aprelgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abduqahhor Toʻxtayev |
Vorisi | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-aprel 1960-yil Toshkent, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Rahmonbek Jahongirovich Usmonov[1] (1960-yil 24-aprel) — davlat va jamoat arbobi. 2011-2018-yillarda Toshkent shahar hokimi. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari[2]. 2021-yildan buyon “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshligʻi .
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-1982 yy. — Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti talabasi.
1982-1990 yy. — Toshkent shahar 1-Avtokorxonasi uchastka ustasi, avtosaf boshligʻi, katta muhandis, direktor oʻrinbosari.
1990-1990 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ ishlab chiqarish axborot boshqarmasi boshligʻi vazifasini. bajaruvchi
1990-1992 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Qurilishmexservis“ korxonasi direktori.
1992-1993 yy. — „Oʻzagroqurilish“ birlashmasiga qarashli „Agroqurilishmexservis“ korxonasi bosh direktorining oʻrinbosari.
1993-1996 yy. — Toshkent shahar 1-avtokorxonasi direktori vazifasini bajaruvchi.
1996-1996 yy. — „Toshshaharyoʻlovchiavtotrans“ ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi.
1996-2001 yy. — „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Davlat uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.
2001-2003 yy. — Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.
2003-2005 yy. — Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi
2005-2011 yy. — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xoʻjalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
2011-2012 yy. — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi.
2012-2018 yy. — Toshkent shahar hokimi.
2018-2018 yy. — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
2012—2017-yillarda shuningdek, „Paxtakor“ futbol klubi Prezidenti boʻlgan[3][4].
2018-2020 — Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi[5].
2020-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari.
2021-yildan — Toshkent metropoliteni direktori[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yili "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. 2024-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rasmiy manbada (Wayback Machine saytida 21-sentyabr 2021-yil sanasida arxivlangan): Usmanov Raxmanbek Djaxangirovich (Usmanov Raxmanbek Djaxangirovich)
- ↑ „Rahmonbek Usmonov vazir o‘rinbosarligiga tayinlandi Qaralgan sana=29.08.2024“ (kun.uz).
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
- ↑ Toshkent shahar hokimi
- ↑ Toshkent shahrining sobiq hokimi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi
- ↑ „Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari etib tayinlandi“. Kun.uz (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).