Aʼzam Bahromov
Aʼzamxon Bahromov | |
---|---|
Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi | |
Mansab davri 2017-yil – 2020-yil | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2006-yil – 2008-yil | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Mamarizo Nurmurodov |
Vorisi | Oʻktam Barnoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-yanvar 1960-yil Gʻallaorol tumani |
Vafoti |
19-oktyabr 2020-yil (60 yoshda) |
Maʼlumoti | Toshkent xalq xoʻjaligi instituti |
Mukofotlari | |
Dafn etilgan joyi | Toshkent |
Aʼzamxon Usmanovich Bahromov (1960-yil 12-yanvar – 2020-yil 19-oktyabr) – oʻzbek davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, 2006-yildan 2008-yilgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aʼzamxon Bahromov 1960-yil 12-yanvarda Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumanida tugʻilgan[1]. 1986-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan[2]. Iqtisod fanlari nomzodi. Uzoq vaqt davomida u Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil boʻlimi xodimi boʻlgan.
2000—2001-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining mudiri. 2001-yil mart-iyul oylarida makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari, 2001-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi[3], 2003-yil avgustdan – Yengil sanoat vazirligi (hozirgi „Oʻzbekyengilsanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi) boshqaruvi raisi, 2005—2006-yillarda – Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, aloqa va kommunal xizmatlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2006—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat olib borgan[2].
2009-yil fevral oyida Bahromov 15 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Bahromovga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 20 dan ortiq moddalari – tovlamachilik, shantaj, poraxoʻrlik va oʻta katta miqdordagi davlat mablagʻlarini talon-toroj qilish, yirik jinoiy guruhlar tuzish va boshqalar bilan ayblov qoʻyildi. Xususan, respublikaning eng yirik va sanoati rivojlangan mintaqalaridan birining sobiq rahbari viloyat banklaridan biri orqali qariyb 40 milliard soʻmni (28 million dollardan ortiq) legallashtirishga muvaffaq boʻlgan[4]. Erta ozod qilingan va reabilitatsiya qilingan[2].
2017—2020-yillarda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlagan.
2020-yil 19-oktyabrda kasallikdan vafot etgan. Toshkent shahrida dafn qilingan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil iyulda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[5].
2020-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[5].
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda Samarqand shahridagi koʻchalarning biriga Aʼzamxon Bahromov nomi berilgan[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Kattaqoʻrg‘on tumani hokimi vafot etdi“. kun.uz (2020-yil 19-oktyabr). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 https://centrasia.org/person2.php?st=1013880384
- ↑ arxiv nusxasi, 2021-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-25
- ↑ „В Узбекистане обнародовали причину прекращения деятельности "Парвинабанка"“. regnum.ru. ИА Регнум (2009-yil 4-mart). Qaraldi: 1-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/19/kattakurgan/
- ↑ „Самарқанд шаҳридаги иккита кўчага Ўктам Барноев ва Аъзамхон Баҳромов номи берилади“ (2020-yil 23-oktyabr). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
- 12-yanvarda tugʻilganlar
- 1960-yilda tugʻilganlar
- Gʻallaorol tumanida tugʻilganlar
- 19-oktyabrda vafot etganlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Toshkentda dafn etilganlar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Samarqand viloyatining hokimlari
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari