Faxmutdin Xoʻjayev
Faxmutdin Xoʻjayev (1915-yil, 12-fevral, Toshkent viloyati Parkent qishlogʻi – 1975-yil, 27-aprel, Toshkent) – texnolog-muhandis. 1937-1941-yillarda Sanoat akademiyasi va Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan. Texnika fanlari nomzodi (1967). 1941-1945-yillar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1946-1947-yillardaToshkent shahri partiya qoʻmitasi xodimi, 1950-1952, 1958-1960-yillarda birinchi kotibi, 1956-1957-yillarda Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Xoʻjayevning faoliyati Oʻzbekistonda paxtachilik va yengil sanoatni rivojlantirish bilan bogʻlangan edi. U 1957-1958-yillarda Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati, 1965-1968-yillarda paxta tozalash sanoati, 1968-1975-yillarda yengil sanoat vaziri lavozimlarida, xalq xoʻjaligi kengashi tizimlarida faoliyat olib borgan. Toshkent shahri koʻchalaridan biri uning nomi bilan ataladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Faxmutdin Xoʻjayevga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
- Faxmutdin Xoʻjayevga taʼziyanoma, „Pravda Vostoka“ gazetasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |