Kontent qismiga oʻtish

Zoir Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzayev Zoir Toirovich
Мирзаев Зоир Тоирович

Mirzayev 2024-yilda
Toshkent viloyati hokimi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Davron Hidoyatov
Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2019-yil 26-oktyabrdan – 2021-yil 18-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zafar Roʻziyev
Vorisi Murodjon Azimov
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2016-yil 15-dekabrdan – 2018-yil 12-fevralgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shuhrat Teshayev
Vorisi lavozim bekor qilingan; Bahodir Yusupov suv xoʻjaligi vaziri sifatida, Shavkat Hamroyev qishloq xo'jaligi vaziri sifatida[1]
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2010-yil 17-dekabrdan – 2016-yil 15-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Oʻktam Barnoyev
Vorisi Himmat Oqboʻtayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1968-yil (1968-03-10) (56 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari

Mirzayev Zoir Toirovich (oʻzbekcha: Мирзаев Зоир Тоирович; 10-mart 1968-yil, Samarqand) – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2010-yildan), Samarqand viloyati hokimi (2010-2016), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2016-2018), Qashqadaryo viloyati hokimi (2019-2021)[2][3], Toshkent viloyati hokimi (2021-yildan)[4].

1968-yil 10-martda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti – oliy. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[5].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984—1989-yillarda – Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi „X.Nizomatov“ kolxozining ishchisi, 19941995-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining iqtisodchisi, 1995—1996-yillarda – Jomboy tumani hokimligi moliya boʻlimi mudirining oʻrinbosari, 1996—1997-yillarda Samarqand viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi bosh inspektori, 1997-2000-yillarda – Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi, 2000—2001-yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining boshligʻi, 2003—2004-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi, 2004—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2008—2010-yillarda – Samarqand shahar hokimi, 2010-yil 17-dekabrdan 2016-yil 15-dekabrgacha Samarqand viloyati hokimi[6], 2016-yildan 2018-yilgacha Bosh vazir oʻrinbosari – Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018-yilda qisqa muddat Bosh vazir oʻrinbosari – agrosanoat, oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari majmuasi rahbari vazifalarida mehnat qilgan. 2018-yil 28-oktabrda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻoln tumanida bir guruh fermerlarning ariqqa tushirilishi voqeasi ortidan ishdan olingan[7][8] 2018-yil 6-noyabrdan 2019-yil 26-oktabrgacha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi[9], 2019-yildan 2021-yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi[10] vazifalarida ishladi. 2021-yildan – Toshkent viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, 2023-yil Zoir Mirzayevning Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanishi haqida xabarlar ham tarqaldi. Biroq, Toshkent viloyatining amaldagi hokimi hozirda oʻz vazifasini bajarib kelmoqda.

2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[11]

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikkiga ajratildi
  2. [1]
  3. https://m.kun.uz/news/2018/10/31/zojir-mirzaev-urniga-vaktincalik-angi-rabar-tajinlandi
  4. https://m.kun.uz/news/2021/11/18/foto-qashqadaryolik-faollar-zoir-mirzayevga-ton-kiydirib-uni-yangi-lavozimga-kuzatdi
  5. Oliy Majlis Senati – Samarqand viloyati hokimining biografiyasi[sayt ishlamaydi]
  6. Oliy Majlis Senati — Samarqand viloyati hokimining biografiyasi, 2014-05-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-15 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 19 (yordam)
  7. Zoyir Mirzaev lavozimidan ozod etildi
  8. „“Ularning o‘zi suvga tushgan”: Ariqdagi oltovlon bo‘yicha tafsilotlar ayon bo‘ldi“ (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  9. Zoir Mirzaev tuman xokimiga aylandi
  10. https://m.kun.uz/news/2019/10/26/manba-bosh-prokurorning-birinchi-orinbosari-qashqadaryo-viloyati-prokurori-etib-tayinlandi
  11. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).