Kontent qismiga oʻtish

Joʻrabek Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joʻrabek Rahimovich Rahimov
 Xorazm viloyati hokimi
 
Mansab davri
2022-yil 16-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Farhod Ermanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1981-yil (1981-07-10) (43 yosh)
Shovot tumani, Xorazm viloyati
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati.

2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi olim-agronom, iqtisodchi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997—1998 — Shovot tumani Guliston shirkat xoʻjaligi aʼzosi.

1998—1999 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari. 

1999—2003 — Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (sirtqi).

2000—2003 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.

2003—2005 — Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.

2005—2006 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.

2006—2007 — Shovot tumani oʻsimliklarni himoya qilish markazi otryadi yetakchi agronomi, markaz direktori.

2007—2008 — Shovot tumani hokimligi ish yurituvchisi.

2008—2011 — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Shovot tumani vakilligi direktori.

2011—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyati qurilishi akademiyasi tinglovchisi.

2013—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.

2013—2016 — Xorazm viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.

2016—2018 — Bogʻot tumani hokimi.

2018—2022 — Qoʻshkoʻpir tumani hokimi[1].

2022—2023 — Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi[2][3].

2023-yildan — Xorazm viloyati hokimi[4].

2017-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[5].