Botir Zaripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botir Komilovich Zaripov
Buxoro viloyati hokimi
Mansab davri
2020-yil 7-noyabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Farhod Umarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-noyabr 1969-yil (1969-11-20) (54 yosh)
Buxoro viloyati, OʻzSSR

Botir Komilovich Zaripov (1969-yil 20-noyabr, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va davlat arbobi. 2020-yil 7-noyabrdan Buxoro viloyati hokimi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botir Zaripov 1969-yil 20-noyabrda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek[1].

1997-yilda Toshkent moliya institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1990—2008-yillarda respublikaning davlat va tijorat banklarida ishlagan. 2005-yilda Botir Zaripov Buxoro viloyati Markaziy banki boshqaruvchisining inkassa ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlgan[2]. Keyinchalik, 2012-yilgacha Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2012-yilda Markaziy bankning nazorat va tartibga solish departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

2013—2015-yillarda Markaziy bank kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori boʻlgan. Keyingi ikki yil davomida „Agrobank“ ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2016—2019-yillarda „Oʻzsanoatqurilishmateriallari“ kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan[3]. 2020-yil 7-noyabrdan buyon Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda[4].

Viloyatni boshqarish, odamlarni safarbar qilish oson ish emas. Buni Zaripovning o‘ziyam tushunyapti. Men uni turli lavozimlarda sinaganman, oxirgi uch oyda hokim vazifasini bajaruvchi sifatida sizlar ham sinadingiz. Buxoroning suvini ichib, changini yutib ulg‘aygan yigit viloyat sharoitini yaxshi biladi. eng muhimi, buxoroliklarni yaxshi ko‘radi.

— sh. mirziyoyev, [5]

Xastalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 3-iyul kuni Botir Zaripov koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi[6].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botir Zaripov Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan „Sodiq xizmatlari uchun medali“ bilan taqdirlangan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://podrobno.uz/cat/obchestvo/on-lyubit-bukhartsev-botir-zaripov-utverzhden-khokimom-bukharskoy-oblasti-/
  2. arxiv nusxasi, 2021-04-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-16
  3. https://www.gazeta.uz/ru/2020/11/07/zaripov/
  4. https://www.uzreport.news/politics/botir-zaripov-utverjden-hokimom-buharskoy-oblasti
  5. https://www.gazeta.uz/oz/2021/01/22/zaripov/
  6. „buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi“. bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul. [sayt ishlamaydi]
  7. „ботир зарипов бухоро вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди“ (2020-yil 11-iyul). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.