Kontent qismiga oʻtish

Rashid Ashuraliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rashid Salohutdinovich Ashuraliyev
O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi-
Mansab davri
1982 – 1987-yillar
Avvalgisi Rahimov Bektosh Rahimovich
Keyingisi Rajabov Nazir Rajabovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1931-yil
O‘zbekiston
Vafoti 1998-yil
Siyosiy partiyasi KPSS
Faoliyati Xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi
Maʼlumoti Oliy
Mukofotlari

Rashid Salohutdinovich Ashuraliyev — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Ashuraliyev Rashid Salohutdinovich 1931-yilda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Rashid Salohutdinovich 1950-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1950-1987-yillarda — Andijon viloyati Moskva tumani kolxozlarida bosh hisobchi oʻrinbosari, bosh hisobchi, hududiy boshqarma bosh hisobchisi, tuman qishloq xoʻjaligi tashkiliy kolxoz boʻlimi boshligʻi, Tashkiliy kolxoz ishlari boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Ashuraliyev Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSRning Taʼminot vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ham ishlagan.

Ashuraliyev Rashid SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 9-va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning  XXVII s’ezdi delegati ham hisoblangan.

Rashid Ashuraliyev Oʻzbekistonda istiqomat qiladi.

  • Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 190.
  • GA RF R7523 105 91 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 8-aprelda qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 10-sonli bayonnomaga / No 1455-VIII dan 1458-VIII gacha, jild. 16