Kontent qismiga oʻtish

Poʻlat Bobojonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobojonov Poʻlat Razzoqovich
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
 
Mansab davri
2017-yil 4-sentyabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov[1]
 Xorazm viloyati hokimi
 
Mansab davri
2012-yil 24-yanvardan – 2017-yil 4-sentabrgacha[2]
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ollobergan Olloberganov
Vorisi Ilgizar Sobirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1961-yil (1961-01-01) (63 yosh)
Bogʻot tumani, Xorazm viloyati
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni
Unvoni General-leytenant[3]

Bobojonov Poʻlat Razzoqovich (1961-yil 1-yanvar, Bogʻot tumani, Xorazm viloyati) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2017-yil 4-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[4]. 2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi[1].

2023-yil 18-fevraldan Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi[5].

1977-1982 yy. – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda Harbiy xizmat oʻtagan.

1982-1983-yillarda Gurlan tumani prokurorining yordamchisi vazifasida ish oʻrganuvchi.

1983-1985-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori.

1985-1991-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi.

1991-1992-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori.

1992-1996-yillarda Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.

1996-1999-yillarda Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari – nazorat inspeksiyasi boshligʻi.

1999-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti.

2000-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining hududiy organlar kadrlari bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi.

2000-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari.

2005-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.

2006-2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori.

2011-yil qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori.

2011-2012-yillarda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.

2012-2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi vazifalarida faoliyat olib borgan.

2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlamoqda.

2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti[6].

2023-yil 18-fevraldan – Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi raisi[5].

Vazir sifatidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poʻlat Bobojonov Ichki ishlar vaziri sifatida Oʻzbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratilganligini maʼlum qilgan[7]

Keyingi yillarda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shuning barobarida bevosita ichki ishlar organlariga doir 4 ta qonun, 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlar, 150 dan ortiq hukumat va idoraviy hujjatlar qabul qilindiki, mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy norma va vazifalar bugun hayotda oʻz ifodasini topmoqda

— Poʻlat Bobojonov, [8]

2019-yilda Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Jasliq qamoqxonasidagi mahkumlar soni haqida aniq maʼlumot bergan[9]. Vazirga koʻra, oʻsha vaqtda „Jasliq“ qamoqxonasida 395 nafar mahkum saqlangan.

2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotida Poʻlat Bobojonov ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilganligi haqida axborot bergan[10].

Poʻlat Bobojonov 2016-yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan „uzoq“ vazir sifatida tanqid qilingan[11].

2003-yil 28-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[12].

  1. 1,0 1,1 Xorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
  2. Viloyat hokimining biografiyasi
  3. Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi
  4. „Шавкат Мирзиёев Халқ депутатлари Хоразм вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида нутқ сўзлади“.
  5. 5,0 5,1 Poʻlat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi, Bekmurod Abdullaev esa uning birinchi oʻrinbosari etib saylandi
  6. „Федерацию футбола возглавил Умид Ахмаджонов“.
  7. „Poʻlat Bobojonov: O‘zbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratildi“ (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  8. https://xabardor.uz/uz/x/938269
  9. „Po‘lat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi“ (2019-yil 5-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  10. „Ilgari jinoyatchilik koʻlamiga raqamlarga qarab baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qoʻyardik — Poʻlat Bobojonov“ (2021-yil 12-mart). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  11. „Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov nega OAV dan uzoqda?“ (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  12. „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.