Kontent qismiga oʻtish

Abdusalom Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azizov Abdusalom Abdumavlonovich
oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti
Mansab davri
2019-yil 15-iyuldan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ochilboy Ramatov
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi
Mansab davri
2019-yil 11-fevraldan – 2024-yil 23-noyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ixtiyor Abdullayev
Vorisi Bahodir Qurbonov
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
Mansab davri
2017-yil 4-sentyabrdan – 2019-yil 11-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qobul Berdiyev
Vorisi Bahodir Qurbonov[1]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
2017-yil 4-yanvardan – 2017-yil 4-sentyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Adham Ahmadboyev
Vorisi Poʻlat Bobojonov
„Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi boshqaruv raisi
Mansab davri
2002-yil 10-yanvardan – 2006-yil 5-sentyabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shavkat Majitov
Vorisi Nurmuhammad Ahmedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-yanvar 1960-yil (1960-01-20) (64 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1982-yildan
Unvoni General-leytenant

Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович; 20.01.1960, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, general-leytenant. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi[2][3].

2019-yil 15-iyuldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi[4][5].

1981—1982 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatchilik qismi xodimi.

1982—1986 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.

1986—1989 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boʻlimi tergovchisi, katta tergovchisi.

1989—1997 — Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, uslubiy-nazariy boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, tergov boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[6].

1997—1998 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1998—2001 — Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2001—2002 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi[7].

2002—2006 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi.

2006—2008 — „Oʻzneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi.

2008—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi.

2008—2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2008—2009 — O'zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti va „Mashʼal“ futbol klubi prezidenti[8].

2009—2017 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2017—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[9]. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.

2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri[10]. 2019-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.

2019—2024 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi[11].

2024-yil 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga oʻtkazilgan[12]. 4-dekabr kuni O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi[13]

2019-yil 15-iyuldan hozirgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.

  1. Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi
  2. Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
  3. https://centrasia.org/newsA.php?st=1549953360
  4. DXX raisi OʻFA prezidentligiga saylandi
  5. Abdusalom Azizov: „Adolat, halollik boʻlmagan joyda rivojlanish boʻlmaydi“
  6. „Departament tarixi“.
  7. Bosh boshqarma rahbarlari, 2019-04-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-04-10
  8. „Biografiya“.
  9. MVD Uzbekistana vozglavil Abdusalom Azizov / Novosti
  10. Abdusalom Azizov stal ministrom oboroni — Gazeta.uz
  11. „O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi“.
  12. „Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi“.
  13. „Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi“.