Adham Ahmadboyev
Ahmadboyev Adham Akromovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 4-yanvar 2017-yil – 1-mart 2017-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Jamshid Fayziyev |
Vorisi | Otabek Murodov |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 13-dekabr 2013-yil – 4-yanvar 2017-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Matlyubov |
Vorisi | Abdusalom Azizov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-fevral 1962-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Xizmat yillari | 1984-yildan |
Unvoni |
General-mayor (2011-2014) General-leytenant (2014-2017) Polkovnik (2017-yildan) |
Ahmadboyev Adham Akromovich (oʻzbekcha: Аҳмадбоев Адҳам Акромович, Axmedbaev Adxam Akramovich[1]; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 1984-yilda Toshkent shahar Shayxontohur (sobiq oktyabr) tumani militsiyasida uchastka noziri lavozmidan boshlagan.
1989-yildan 2004-yilgacha Toshkent viloyati va Toshkent shahri Ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiyasi boshligʻi.
2005-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.
2006-2011 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2011-2013 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
2013-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[2].
2017-yil 4-yanvardan 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi[3].
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kafedra mudiri.[4]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich, Sanoatkontexnazorat raisi boʻlgan[5]. Qudasi Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich — 1999-yildan 2018-yilgacha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari boʻlgan. 2018-yil 9-fevralda qamoqqa olingan. Uning keyingi taqdiri jamoatchilikka nomaʼlum[6].
Ikki nafar farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vazir va urinbosarlar, 2015-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-02
- ↑ Biografiyasi, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-10-16
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbari oʻzgardi
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
- ↑ Ahmadboyev
- ↑ Abdukarim Shodiev ushlandi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zokir Almatov
- Bahodir Matlyubov
- Poʻlat Bobojonov
- Abdusalom Azizov
- Muidjon Tohiriy
- Amaldagi ichki ishlar vazirlari