Gʻafur Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rahimov Gʻofur Rahimovich
Рахимов Гафур Рахимович
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri v.b.
Mansab davri
1991-yil 25-avgustdan – 1991-yil 16-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Shukrullo Mirsaidov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Vyacheslav Kamalov
Vorisi Zokir Almatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-fevral 1929-yil
Andijon shahri, OʻzSSR
Vafoti 19-sentyabr 2018-yil(2018-09-19)
(89 yoshda)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
Xizmat yillari 1951—1994
Unvoni General-mayor

Rahimov Gʻofur Rahimovich (1929-yil 1-fevral, Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR – 2018-yil 19-sentyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) – oʻzbek huquqshunosi, davlat va jamoat arbobi. 1985—1994-yillarda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining oʻrinbosari boʻlgan[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

19441947 – Andijon shahridagi „Vatan uchun“ arteli ishchisi.

1951-yilda Toshkent militsiya maktabini tamomlagan.

1959-yilda Andijon universitetining yuridik fakulteti magistraturasini tugatgan.

1951—1952 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi sotsialistik mulkni talon-toroj qilinishiga qarshi kurash boʻlimi tezkor vakili.

1952—1961 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi sotsialistik mulkni talon-toroj qilinishiga qarshi kurash boʻlimi katta tezkor vakili.

1961—1967 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi sotsialistik mulkni talon-toroj qilinishiga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi.

1967—1969 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi.

1969—1979 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

19791983 – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

19831985 – Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi. 1983-yil 2-iyul kuni general-mayor maxsus unvoni berilgan.

19851991 – Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi. 1990-yil 8-iyun kuni Oʻzbekiston SSR prezidenti farmoni bilan Andijon viloyatida favqulodda holat komendanti etib tayinlangan[3].

19911993 – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – tezkor qidiruv xizmati boshligʻi. Ayni vaqtda, 1991-yil 25-avgustdan 16-sentyabrgacha ichki ishlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlgan[4].

1993—1994 – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi.

1994-yil 7-mayda isteʼfoga chiqqan va shu kundan boshlab umrining oxirigacha ichki ishlar vazirligi faxriylarni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi boʻlgan[5].

2018-yil 19-sentyabr kuni 89 yoshida vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan[6][7][8].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1969-yilda Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal bilan mukofotlangan.

1977-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

1981-yil 8-dekabrda „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan yurist“ faxriy unvoni berilgan.

1992-yil 28-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan[9].

1994-yilda Shuhrat medali bilan mukofotlangan.

1999-yil 1-fevralda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan 2-darajali Shon-sharaf ordeni berilgan.

2004-yil 1-fevralda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi (1996), 10 yilligi (2001), 15 yilligi (2006), 20 yilligi (2011), 25 yilligi (2016) esdalik nishonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 5 yilligi (1997), 10 yilligi (2002), 15 yilligi (2007), 20 yilligi (2012), 25 yilligi (2017) esdalik nishonlari bilan mukofotlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]