Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Qurbonov (davlat arbobi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahodir Nizomovich Qurbonov
 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi
Mansab davri
2024-yil 23-noyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
Mansab davri
2019-yil 11-fevraldan – 2024-yil 23-noyabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov
Vorisi Shuhrat Xolmuhammedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-iyul 1969-yil (1969-07-29) (55 yosh)
Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1987-yildan
Unvoni General-polkovnik

Bahodir Nizomovich Qurbonov (Баҳодир Низомович Қурбонов, 1969-yil 29-iyul, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek harbiy va davlat arbobi. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri[1].

Bahodir Qurbonov 1969-yil 29-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan. 19871989-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1990-yilda Oʻzbekiston IIV Oliy tergov maktabiga, 1992-yilda esa Oʻzbekiston IIV Oliy maktabiga oʻqishga kirdi[2].

19941996-yillarda Jizzax IIO tergov boʻlimida avval tergovchi, soʻngra katta tergovchi boʻlib ishlagan. 1996-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimining noqonuniy valyuta operasiyalariga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimi lavozimiga ishga oʻtgan. 19971998-yillarda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 1-boʻlimi tezkor xodimi lavozimida ishlagan. 1998-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 2-boʻlimi katta tergovchisi lavozimiga tayinlangan. 1999-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 3-boʻlimi katta tergovchi, shuningdek, Jizzax viloyati, Jizzax tumani IIB Jinoyat qidiruv boʻlimi tergovchisi lavozimlarida ishlagan. Shu yili Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 3-boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 2001-yildan Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 2-boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, bundan tashqari, Jizzax viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib keldi.

2002-yilda Jizzax viloyati Jizzax tumani IIO boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 2005-yilda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtgan. 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Shu yili Namangan viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimida ishlagan[3]. 2015-yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan[4]. 2017-yil 14-yanvarda unga general-mayor unvoni berilgan. 2018-yil 12-fevraldan 2019-yil 11-fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni lavozimida ishladi[5].

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi farmoni bilan Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi[6].

2024-yil 23-noyabr kuni Abdusalom Azizov oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi va unga general-polkovnik harbiy unvoni berildi[7][8].

2020-yil 15-avgustdan Oʻzbekiston aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi (MMA) raisi boʻlib ishlamoqda[9].

  1. uza.uz. „Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар“ (uz). Uza.uz (1621784472). 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  2. „Наша гордость“. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  3. „Назначены заместители министра внутренних дел Узбекистана“ (ru). NBU. 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  4. „Баходир Курбанов стал начальником ГУВД города Ташкента“ (ru). https://uznews.uz. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  5. „Генерал-майор Баходир Низамович Курбанов покинул пост начальника ГУВД Ташкента“ (ru). Новости Узбекистана. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  6. „Баходир Курбанов назначен новым Министром обороны“ (ru). www.xabar.uz. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  7. „Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi“.
  8. „Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi“.
  9. „Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди“ (uz). Kun.uz. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.