Sayfiddin Ismoilov
Sayfiddin Umarovich Ismoilov | |
---|---|
Tavalludi |
18-avgust 1959-yil |
Sayfiddin Umarovich Ismoilov (18-avgust 1959-yil, Jizzax) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Jizzax viloyati hokimi (2009—2016)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayfiddin Ismoilov 1959-yil 18-avgustda Jizzax viloyatida tugʻilgan.
1981-yilda Toshkent davlat qishloq xoʻjaligi institutini iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2010–2016-yillarda – xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining deputati boʻlib tayinlangan. OʻzLiDeP aʼzosi. 1981–1982-yillarda Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining katta iqtisodchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Ismoilov 1982–1983-yillarda Zarbdor tumanidagi „Sharq yulduzi yoʻli“ davlat xoʻjaligining brigada boshligʻi, 1983–1986-yillarda esa Jizzax viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining bosh iqtisodchisi boʻlgan. 1986-yildan 1988-yilgacha Jizzax viloyati agrosanoat qoʻmitasining boʻlim boshligʻi, 1988–1990-yillarda Sirdaryo viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim rahbarining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Faoliyati davomida Ismoilov 1990–1991-yillarda Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, 1991–1992-yillarda Jizzax viloyati audit markazining taftishchisi, 1992–1995-yillarda Jizzax viloyati agrosanoat birlashmasining boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan. 1995–1997-yillarda Jizzax viloyati hokimligi umumiqtisodiy masalalar majmuasining guruh rahbar, 1997–1998-yillarda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari faoliyat yuritgan. 1998–1999-yillarda Jizzax viloyati hokimining umumiqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari – Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining boshligʻi boʻlib oʻz faoliyatini davom ettirgan. 1999–2004-yillarda – Doʻstlik tumani hokimi etib tayinlangan. 2004–2005-yillarda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2005–2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri[2], 2009–2016-yillarda Jizzax viloyati hokimi boʻlgan. 2016–2018-yillarda – Jizzax tumani hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Жиззах вилояти ҳокими алмаштирилди“ (2016-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
- ↑ Vazirlar roʻyxati, 2016-04-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-12