Kontent qismiga oʻtish

Agrosanoat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Agrosanoat bu qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va isteʼmolchilarga etkazib berish bilan shugʻullanuvchi iqtisodiyot tarmoq.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va boʻgʻinlari uchun umumiy boʻlsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bogʻliq holda oʻziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu oʻziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon boʻladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish koʻp jihatdan tirik organizm (hayvon, oʻsimlik va boshqalar) bilan ham bogʻliq.

Agrar sohada ishlab chiqarish koʻp jihatdan yer bilan bogʻliq boʻladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar — yer, oʻsimlik, chorva mollari bilan bogʻliq boʻladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogʻlanib ketadi. Bunda er mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan toʻgʻri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.