Shuhratbek Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhratbek Abdurahmonov
 Andijon viloyati hokimi
Mansab davri
2013-yil 26-apreldan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ahmadjon Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-dekabr 1969-yil (1969-12-25) (54 yosh)
Andijon viloyati, Izboskan tumani, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi  Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Millati o‘zbek
Siyosiy partiyasi Uzlidep
Kasbi agronom
Dini islom
Maʼlumoti Andijon paxtachilik instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Shuhratbek Abdurahmonov haqida sahifa mavjud.

Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (hozirgi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi, 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi. 2000-yilda — „Navbahor“ jamiyatining raisi[2], 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi, 2011-yildan Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi[3], 2013-yil 26-apreldan — hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Abdurahmonov 2010-yilda „Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[4]

2020-yilda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan[5]

2019-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan [6]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali. 3 nafar farzandi bor[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]