Qobiljon Obidov
Qobiljon Obidov | |
---|---|
Andijon viloyati hokimi | |
Mansab davri 1997-yil – 2004-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Masharif Yusupov |
Vorisi | Saʼdulla Begaliyev |
Andijon viloyati hokimi | |
Mansab davri 1993-yil – 1996-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Qayum Xolmirzayev |
Vorisi | Masharif Yusupov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-aprel 1951-yil Andijon |
Mukofotlari |
Obidov Qobiljon Gʻafurovich (1951-yil 20-aprel, Qoʻrgʻontepa tumani, Xonobod qishlogʻi) oʻzbek davlat arbobi. 1993-1996-yillarda hamda 1997-2004-yillarda Andijon viloyati hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obidov Qobiljon Gʻafurovich (1951-yil 20-aprelda, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani, Xonobod qishlogʻi)da tugʻilgan. 1972-yilda Andijon paxtachilik institutining Gidromelioratsiya fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obidov Qobiljon ish faoliyatini Andijon suv inshootlari qurilish tresti uchinchi qurilish-montaj boshqarmasi ustachiligidan boshlagan. 1972—1975-yillarda Andijon suv inshootlari qurilish tresti 3-qurilish-montaj boshqarmasida usta, prorab, yordamchi korxonalar boshqarmasi boshligʻi, 1975—1986-yillarda trest ishlab chiqarish va texnologik jamlashtirish boshkarmasining bosh muhandisi, boshligʻi, 1987—1988-yillarda Andijon suv qurilish trestining boshqaruvchisi, Andijon suv qurilishmontaj ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi vazifalarida ishlagan. 1988—1992-yillarda Marhamat tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, tuman partiya qoʻmitasi 1-kotibi, tuman hokimi sifatida tumanga rahbarlik qilgan, 1992—1993-yillarda Andijon shahrini boshqargan. 1993—1996-yillarda Andijon viloyati hokimi[1], 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari[2], 1997—2004-yillarda Andijon viloyati hokimi[3] vazifalarida faoliyat yuritgan. 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi, 1994-yildan 2004-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy kengash deputati sifatida ham faollik koʻrsatgan. U 2018-yildan buyon Andijon viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasini boshqarib kelmoqda [4].
Obidov rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishildi, gʻoʻza va bugʻdoy yetishtirishda yangi texnologiyalar (jumladan, gʻoʻzani plyonka ostiga ekish) joriy qilindi va ularning hosildorligi keskin oshdi, yangi sanoat korxonalari, sport inshootlari barpo etildi, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar olib borildi. Andijon viloyatida toʻplangan ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari mamlakat miqyosida ommalashtirildi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obidov 1995-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni[5], 1998-yilda esa „Oʻzbekiston Qahramoni“[6] unvoni bilan mukofotlangan. Biroq 2004-yilda uning unvoni nomaʼlum sabablarga koʻra qaytarib olingan. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida unvon uning oʻgʻli bilan bogʻliq jinoyat ishi ortidan qaytarib olingani taʼkidlanadi.
Mustaqillikning 30 yilligi arafasida unga Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni hamda „Oltin yulduz“ medali qaytarib berildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1993-yil 9-fevral soni "Q.Obidovni Andijon viloyati hokimi etib tayinlash to‘g‘risida" Qaralgan sana=14.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 30-oktyabr soni "Q.Obidovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida" Qaralgan sana=14.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 2004-yil 26-may soni "Q.Obidovni Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida" Qaralgan sana=14.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „Andijon davlat o'rmon xo'jaligi Qaralgan sana=14.08.2024“ (urmon.gov.uz).
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining to‘rt yilligi munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni Qaralgan sana=14.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida"gi farmoni Qaralgan sana=14.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).