Rustam Shoabdurahmonov
Shoabdurahmonov Rustam Mavzurovich | |
---|---|
Шаабдурахманов Рустам Мавзурович | |
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti | |
Mansab davri 2019-yildan – 2022-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Umid Ahmadjonov |
Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
Toshkent shahri hokimi | |
Mansab davri 2001-yildan – 2005-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Kozim Toʻlaganov |
Vorisi | Abduqahhor Toʻxtayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-may 1962-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov (1962-yil 24-mayda tugʻilgan) — Toshkent shahar hokimi (2001-2005), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi (2019—2022)[1], Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi (2017-2019)[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1983-1985 — Armiya safida xizmat.
1985-1985 — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish boʻyicha Kengashning katta laboranti
1985-1988 — „Uzbekselmash“ birlashmasida katta iqtisodchi, boʻlim mudiri.
1988-1991 — Yunusobod tumani partiya komiteti kotibi oʻrinbosari, ijro etuvchi komitet raisining oʻrinbosari.
1991-1995 — Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining oʻrinbosari.
1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi talabasi.
1996-1999 — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshligʻi.
1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.
2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari.
2000-2001 — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari.
2001-2005 — Toshkent shahar hokimi.
2005-2010 — Oliy Majlis Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi[3]
2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari.
2011-2017 — nafaqada.
2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Xususiy, ijtimoiy-madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash boshqarmasi boshligʻi.
2019-2022 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.
2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni, 2004-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2019-06-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-24
- ↑ Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obʼektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash direksiyasi
- ↑ Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida
- ↑ PF-3300-son 26.08.2003. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash haqida