Qudrat Ahmedov
Qudrat Ahmedov | |
---|---|
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari Oʻzbekiston SSR Davlat reja qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 1974 – ? | |
Oʻzbekiston KP Sirdaryo viloyati qoʻmitasi 1-kotibi | |
Mansab davri 1971 – 1974 | |
Oʻtmishdoshi | Narmaxonmadi Xudoyberdiyev |
Vorisi | Viktor Xaydurov |
Sirdaryo viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 1969 – 1971 | |
Oʻtmishdoshi | Egamqul Tasanbayev |
Vorisi | Viktor Xaydurov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1930 |
Vafoti | 1995 |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Taʼlim | Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti |
Mukofotlari |
Qudratilla Axmedovich Axmedov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. Shoir va yozuvchi Gʻafur Gʻulomning kuyovi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1952-yildan KPSS aʼzosi.
1952-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (TDIU) tugatgandan soʻng TDIUning qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi aspiranti, assistenti. 1961-yildan raykom birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS MK Oʻrta Osiyo byurosi inspektori. 1965—1971-yillarda Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, raisi. 1971-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1974-yildan Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Qoraqalpogʻiston ASSR 636-son Toʻrtkoʻl saylov okrugidan 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati (1974—1979), Ittifoq Sovetining Plan-byudjet komissiyasi aʼzosi. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini — Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gulomova) (1938-yil 4-iyulda tugʻilgan), rassom, muzey direktori. Otasi Gʻafur Gʻulom. Uch nafar farzandi bor. Durbek Qudrattilaevich Ahmedov — iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov — irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) — tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ekonomika Uzbekskoy SSR v period razvitogo sotsializma [Tekst] / K. A. Axmedov. — Tashkent: Uzbekistan, 1977. — 232 s.
- Zadachi sovershenstvovaniya deyatelnosti narodnix universitetov respubliki v svete resheniy XXV sʼezda KPSS [Tekst] / K. Axmedov; O-vo „Znanie“ UzSSR. — Tashkent: O-vo „Znanie“ UzSSR, 1977. — 18 s. — (V pomoщ lektoru).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Deputati Verxovnogo Soveta SSSR. Tom 9. — Izd-vo „Izvestiya Sovetov deputatov trudyaщixsya SSSR“. — 1974. — S. 41.
- GA RF R7523 105 152 „Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 26 po 27-avgusta 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 14/ s № 2075-VIII po № 2078-VIII. Tom 7“
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni olgan kavaleriya
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Ijroiya qoʻmita raislari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- 1995-yilda vafot etganlar
- 1930-yilda tugʻilganlar
- Sirdaryo viloyati hokimlari
- Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari