Ibrohim Qoʻchqorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim Qoʻchqorov
Sirdaryo viloyati Ijroiya qoʻmitasi raislari
Mansab davri
1974 – 1987
Oʻtmishdoshi Viktor Xaydurov
Vorisi Abduxoliq Aydarqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1931
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Ibrohim Uralovich Qoʻchqorov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1931-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1953-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1953-1987-yillarda Samarqand pedagogika kolleji oʻqituvchisi, viloyat qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri oʻrinbosari, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti komsomol qoʻmitasi kotibi, Jizzax tuman komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, Jizzax tuman ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Jizzax tuman partiya qoʻmitasining ikkinchi, birinchi kotibi, Guliston shahar ijroiya qoʻmitasi raisi, Guliston shahar partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, raisning birinchi oʻrinbosari, Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

8, 9, 10 va 11-chaqiriqlar Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan.

KPSS XXV, XXVI va XXVII qurultoylari delegati.

Oʻzbekistonda yashaydi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Desyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 254.