Kontent qismiga oʻtish

Bekmurod Elboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qashqadaryo viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1975 – 1983
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Qushboshi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari 1-darajali Vatan urushi ordeni

Bekmurod Elboyev — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yilda Qushboshi qishlogʻida (hozirgi Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati) tugʻilgan. 1947-yildan KPSS aʼzosi.

Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. 1946-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1946-1975-yillarda oʻqituvchi, kolxoz raisi, qishloq Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi, Kitob qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kitob tuman qoʻmitasi kotibi, Kitob tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, 1975—1983-yillarda Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida mehnat qilgan. 1983-yil 4-iyulda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzoligidan „Mehnatdagi xatolari, partiya va davlat intizomini buzgani uchun“ chiqarilgan.


Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9 va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

KPSS XXV va XXVI qurultoylari delegati.

1985-yildan keyin vafot etgan.

  • Эльбаев
  • Эльбаев
  • ГА РФ Р7523 105 91 Указы Президиума Верховного Совета СССР, принятые 8 апреля 1971 года, и материалы к ним /к протоколу № 10/ с № 1455-VIII по № 1458-VIII том 16