Kontent qismiga oʻtish

Murodjon Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murodjon Azimov
 Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zoir Mirzayev
 Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2018-yil 12-fevraldan – 2021-yil 18-noyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muidjon Tohiriy
Vorisi Akmalxoʻja Mavlonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-iyul 1976-yil (1976-07-21) (48 yosh)
Qashqadaryo
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1998-yildan
Unvoni general-mayor

Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan[1], 2022-yildan tasdiqlangan[2]).

Murodjon Azimov 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.

1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998—2014-yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan[3]. 2014—2016-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bojxona xizmati general-mayori[4]. 2021-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[5]. 2022-yil 22-apreldan Qashqadaryo viloyat hokimi[6].