Kontent qismiga oʻtish

1998

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(1998-yildan yoʻnaltirildi)

1998-yil — „Oila yili“. 13-yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Alpomish“ dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 26-yanvar — Tolibjon Sodiqov nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • 27-yanvar — Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi eʼlon qilindi.
  • Yanvar — Gulistonda „Lechiva farmsanoat“ Oʻzbekiston — Chexiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 2-fevral — Respublika „Oila“ ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
  • 4-fevral — Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq „Us toz“ Respublika jamgʻarmasi tuzildi.
  • 19-fevral — Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Xitoy hukumatlari oʻrtasida ToshkentAndijonOʻshQashqar avtomobil yoʻlida xalqaro avtomobil transporti qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolanib, yoʻl qurilishi boshlandi.
  • 24-fevral — „Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida“ qaror chiqdi.
  • 24-fevral — Toshkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.
  • Fevral — „Toshkent traktor zavodi“ davlat aksiyadorlik jamiyatida 22 va 32 ot kuchiga ega boʻlgan ikki turdagi mini traktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqaradigan Xitoy bilan qoʻshma korxona tashkil etildi.
  • 4-mart — Toshkentda Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazi tashkil etildi.
  • 26-mart — „Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq „Oʻzbekteatr“ ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.
  • Mart — Qoʻqon elektr mashinasozlik zavodida Asakadagi „OʻzDEUavto“ korxonasida tayyorlanadigan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
  • Mart — Toshkentda oʻzbek va rus tillarida „Huquq“ — „Pravo“ ilmiy-nazariy yuridik jurnalining 1-soni chiqdi.
  • Mart — Toshkent va Fargʻona shaharlarida Ahmad al-Fargʻoniyning 1200-yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • Mart — Oʻzbekiston „Olimpiya shonshuhrati“ muzeyiga Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining „Olimpiya shon-shuhrati“ muzeyi filiali maqomi berildi.
  • 3-aprel — Urganchda Xorazmiy va Beruniy nomlaridagi bogʻlarga asos solishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
  • 9-aprel — „Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
  • 21-aprel — Oʻzbekiston Respublikasidagi umumtaʼlim maktabi va boshqa oʻquv muassasalarining „Yoshlik“ koʻngilli sport jamiyati tuzildi.
  • 23-aprel — „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
  • 30-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida „Yer kodeksi“, „Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida“, „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“ (yangi tahrirda) qonunlar qabul qilindi; Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi tasdiqlandi.
  • Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi tashkil etildi.
  • 4-may — Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika „Oʻzbek muzey“ jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • 12-may — „Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvoni taʼsis etildi.
  • 22-may — Oʻzbek alpinistlaridan birinchi boʻlib Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) choʻqqisini zabt etib, Oʻzbekiston bayrogʻini oʻrnatdi.
  • May — Navoiy viloyatida Qizilqum fosforit kombinatining birinchi navbati ishga tushdi.
  • May — Toshkentda Xalqaro xususiy sugʻurta kompaniyasi ochildi.
  • May — Toshkent rus yosh tomoshabinlar teatri Oʻzbekiston yoshlar teatriga aylantirildi.
  • 24-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
  • Iyul — Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaradigan „Sanlayt“ Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
  • 25-avgust — „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni taʼsis etildi.
  • 28-29-avgust — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida „Davlat yer kadastri toʻgʻrisida“, „Madaniy boyliklarni chetga olib chiqish va olib kelish toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 28-avgust — „El-yurt hurmati“ ordeni taʼsis etildi.
  • 29-avgust — Toshkentda „Kuch — adolatda“ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi gazetasining 1-soni chiqdi.
  • Avgust — Oʻzbek uchuvchi-astronavti S.Sharipov amerikalik va rossiyalik 7 kishilik ekipaj tarkibida „Endever“ kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.
  • 6-sentyabr — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi.
  • 16-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
  • 24-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 25-sentyabr — „Turkiston-Press“ nodavlat axborot agentligi tashkil etildi.
  • 28-sentyabr — Toshkentda Osiyo Taraqqiyot bankining doimiy vakolatxonasi ochildi.
  • 30-sentyabr — Hazoraspdagi Oʻzbekiston—Turkiya Xorazm qand zavodi qoʻshma korxonasida dastlabki qand mahsuloti ishlab chiqarildi.
  • 23-oktyabr — Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 40 mamlakatidan mehmonlar ishtirok etdi. Shu kuni Xartang qishlogʻida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimi boʻldi.
  • 24-oktyabr — Fargʻona viloyatida Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimlar boʻlib oʻtdi. Fargʻona shahrida Ahmad al-Fargʻoniy nomi bilan ataladigan istirohat bogʻi ochildi. Quva shahrida Ahmad al-Fargʻoniyga haykal oʻrnatildi.
  • 6-noyabr — Toshkentda YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi boʻlib oʻtdi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor boshchiligidagi guruh Toshkent davlat universitetida Mirzo Ulugʻbek nomidagi YUNESKO kafedrasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.
  • 13-14-noyabr — Termizda birinchi „Alpomish oʻyinlari“ festivali oʻtkazildi.
  • 17-noyabr — Toshkentda „Inson huquqlarini himoya qilish nohukumat tashkilotlarining roli“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • Noyabr — Oʻzbekistonning „Farmed“ xususiy firmasiga xalqaro mukofot — „Sifat oltin yulduzi“ topshirildi.
  • Noyabr — Toshkentda sinxron suzish boʻyicha „Suv parisi“ 1-xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
  • Dekabr — „Oʻzbekneftgaz“ neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
  • 22-dekabr — Bangkokda oʻtkazilgan 13-Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar sportning 23 turi boʻyicha 42 mamlakat sportchilari bilan bellashib, oʻnta eng kuchli jamoa safiga kirdi va 40 ta medal — 6 ta oltin, 22 ta kumush va 12 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
  • 24-25-dekabr — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 13-sessiyasida „Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilindi.
  • 1998 — Namangan sanoat-texnologiya instituti Namangan muhandislikpedagogika instituti deb qayta nomlandi.
  • 1998 — „Paxtasanoatilm“ ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
  • 1998 — Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi tashkil etildi.
  • 1998 — Toshkentda „Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi“ tashkil etildi.


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.