Kontent qismiga oʻtish

Imperator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Imperator (lotincha imperator — hukmdor) — baʼzi monarxlarga berilgan unvon. Dastlab, Rim lashkarboshilari (mas, Yuliy Sezar va b.) ga berilgan. Rimda respublika tartibi tu-gatilib, monarxiya oʻrnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxoʻr Imperator deb atalgan. 962 y. nemislar Shim. Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari oʻzlarini I. deb atay boshladilar. 15-asrdan bu unvon Avstriya monar-xlarigaoʻtdi. 1721-yil I. unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi I. deb yuritildi. Napoleon I, Napoleon III lar ham oʻzlarini I. deb eʼlon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911-yilgacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham I. davlat boshligʻi hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil