Xidirali Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xidirali Ergashev
Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1961 – 1962-yil, mart
Oʻtmishdoshi nomaʼlum
Vorisi Erkin Shayxov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1917-yil
Vafoti 1965-yil 29-mart
Mukofotlari

Xidirali Ergashev — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yilda tugʻilgan. 1946-yildan KPSS aʼzosi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942-yildan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol. 19421965-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari[1]. Oʻrta Osiyo mexanizatsiya va elektrlashtirish instituti direktori. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish vaziri. SSSR Oliy Kengashining VI chaqirigʻi deputati. 1965-yilda oʻz joniga qasd qilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]