Hilola Umarova
Hilola Umarova | |
---|---|
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabrdan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Lavozim yangi joriy etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-avgust 1988-yil Germaniyaning Veymar shahri |
Mukofotlari | — Oʻzbekiston belgisi nishoni |
Umarova Hilola O‘ktamovna (1988-yil, Veymar, Germaniya Demokratik Respublikasi) — 2020-yildan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan[1]. 2022-yil 30-dekabrda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi - tashqi iqtisodiy faoliyat. Oʻzbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umarova Xilola Uktamovna 1988-yili Olmoniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti hujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1-toifali mutaxassisligidan boshlagan.
- 2016—2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
- 2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
- 2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.
- 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.
- 2018—2020 — Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri[2].
- 2020—2022 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori[3].
- 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hilola Umarova Prezident maktablari agentligiga rahbar bo‘ldi“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Umarova Hilola Uktamovna“ (2018-yil 1-avgust). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ „Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
- ↑ Oʼzbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi