Sherzod Shermatov
Shermatov Sherzod Xotamovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri | |
Mansab davri 30-dekabr 2022-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | uning oʻzi (vazirlik qayta tashkil qilingan) |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri | |
Mansab davri 2021-yildan – 30-dekabr 2022-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shuhrat Sodiqov |
Vorisi | uning oʻzi (vazirlik qayta tashkil qilingan) |
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri | |
Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Xurshid Mirzohidov |
Vorisi | Shuhrat Sodiqov |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri | |
Mansab davri 2018-yil 20-iyundan – 2021-yil 16-noyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ulugʻbek Inoyatov[1] |
Vorisi | Baxtiyor Saidov |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 17-noyabrdan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shuhrat Sodiqov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-aprel 1977-yil Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
Mukofotlari |
Sherzod Xotamovich Shermatov 1977-yil 7-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, 2021-yil 17-noyabrdan 2022-yil 30-dekabrgacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri sifatida faoliyat olib borgan. 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan[2][3][4].
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumoti oliy. 1993—1998-yillarda Toshkent davlat texnika universitetini, 1998—2000-yillarda Аmerika Qoʻshma Shtatlari Yale universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta iqtisod bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, 2004—2005-yillarda Birlashgan millatlar tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati „Raqamli rivojlanish tashabbusi“ taraqqiyoti dasturi koordinatori, 2005—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari yordamchisi, 2005-yilda qisqa muddat Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati „Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish“ loyihasi rahbari, 2005—2008-yillarda Bilimlarni boshqarish va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yechimlari boʻyicha maslahatchi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Samarali boshqaruv boʻlimi rahbari, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining shoʻba mudiri, 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati yetakchi inspektori, bosh inspektori kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2014—2016-yillarda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifalarida ishlab, 2016-yildan hukumat tarkibiga qaytgan. 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirning birinchi oʻrinbosari, 2017—2018-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi, 2018-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari, 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri[5] sifatida ishlab, 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri[6] sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
“Do‘stlik” ordeni bilаn tаqdirlаngаn.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, toʻrt nafar farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vazir haqida
- ↑ Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
- ↑ Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy sayti, 2019-04-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-10-26
- ↑ „Sherzod Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi“ (2021-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 7-aprelda tugʻilganlar
- 1977-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʻzolari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Yale universiteti bitiruvchilari
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar