Kontent qismiga oʻtish

Shuhrat Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov
Sadikov Shuxrat Muxammadjanovich

Shuhrat Sodiqov 2019-yil, AKT Vazirligi
 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari
 
Mansab davri
7-fevral 2024-yildan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdurashid Joʻraboyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari
 
Mansab davri
15-fevral 2023-yildan – 7-fevral 2024-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Mansab davri
8-avgust 2018-yildan – 4-noyabr 2021-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Azim Ahmadxoʻjayev
Vorisi Sherzod Shermatov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori
Mansab davri
1-avgust 2017-yildan – 8-avgust 2018-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-iyul 1969-yil (1969-07-01) (55 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR,Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent Viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Otasi Muhammadjon Sidiqovich Sadikov
Taʼlim Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Vebsayti [1]

Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (1969-yilda tugʻilgan, Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston davlat arbobi, 2023-2024 yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari, 20182021-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.

Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov 1969-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

1992-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan va 2006-yilda magistraturani magistr darajasida tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan, iqtisod boʻyicha magistr darajasini olgan[1]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Shuhrat Sodiqov oʻz ishini Jizzax radiotelefon aloqa markazida muhandis-iqtisodchi sifatida boshladi[2]. 1993-1997-yillarda „Nur“ kichik korxonasining kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha texnik direktor boʻlib ishlagan. 1997-yildan 2002-yilgacha – Davlat aloqa inspektsiyasining inspektori, 1-toifali muhandisi, 2-toifali muhandisi, boshliq vazifasini bajaruvchi Toshkent shahar Davlat aloqa inspektsiyasi boshligʻi[3].

2004-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2006-yildan beri oʻrinbosar, 2008-yil 6-noyabrdan esa – „Uztelecom“ AK Bosh direktori lavozimida ishlagan.

2010-yil 25-martda Shuhrat Sodiqov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[4]. 2017-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida ishlaydi[5].

2018-yil 8-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boʻlib ishlagan[6][7]. 2021-yil 3-noyabrda „Oʻzkomnazorat“ tomonidan Shaxsga doir maʼlumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reestriga qoʻshilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki) faoliyati cheklab qoʻyilishi ortidan ishdan olindi.[8]

Shuhrat Muhamadjonovich Sodiqov 2023-yil 15-fevraldan 2024-yil 7-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari. 2024-yil 7-fevraldan boshlab Sodiqov Shuhrat Muhammadjonovich bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi.

Mehnat shuhrati ordeni (29.08.2020)[9]

Oilali, 4 ta farzandi bor.